Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya prezidentligiga nomzod prokuraturada ko‘rsatma berdi
Fransiya prezidenti lavozimiga nomzod Fransua Fiyon va uning turmush o‘rtog‘i Panelopa dushanba kuni Milliy moliyaviy prokuraturada ko‘rsatma berishdi. Bu haqida BFM TV telekanali xabar berdi.
Juftlik dushanba kuni peshindan keyin Nanterdagi moliyaviy prokuratura binosiga keldi. Ta'kidlanishicha, ularni alohida so‘roq qilingan.
Bundan avval Fransiya prokuraturasida Fiyonning ishga joylashuvi tafsilotlariga aniqlik kiritilishi haqida xabar berilgan. Xususan, tergov siyosatchining turmush o‘rtog‘iga qo‘yilayotgan ayblov - moliyaviy vositalarni suiste'mol qilishga diqqatni qaratmoqda.
Prezidentlikka nomzod qo‘yilgan aybni tan olmadi va go‘yoki qonunbuzarlik borasidagi ayblovlar uning siyosiy raqiblari tomonidan tarqatilayotganini ta'kidladi. Fiyon aybsizligini isbotlash uchun prokuratura bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Mavzuga oid
20:14 / 31.05.2026
Fransiyada ozdiruvchi dori sotib olganlarning xarajatlari qoplab beriladi
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
10:07 / 23.05.2026