Jahon | 18:58 / 30.01.2017
14175
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbuldagi restoranlardan biriga qurolli hujum uyushtirildi

Turkiyaning Istanbul shahridagi restoranlardan biriga qurolli bosqin uyushtirildi.

NTV xabariga ko‘ra, ushbu hujum oqibatida jarohatlanganlar bor.

Hurriyet xabariga ko‘ra esa hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lib, 2 kishi jarohatlangan.

Qayd etilishicha, hujum Istanbulning Osiyodagi qismida, Bosfor bo‘g‘ozi qirg‘og‘idagi Anado‘li qal'asi yonida joylashgan restoranlardan birida amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Istanbulda 1 yanvar kuni shaharning Yevropadagi qismida joylashgan Reina nomli tungi klubiga qurolli hujum uyushtirilgan, bu xunrezlik oqibatida 39 kishi halok bo‘lib, 69 kishi jarohatlangandi.

Keyinchalik bu hujumni uyushtirgan shaxs kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov ekani ma'lum bo‘ldi. U hujumdan 16 kun o‘tib, qo‘lga olindi va tergov davomida aybiga iqror bo‘ldi.

ISTANBULDAGI QIRG‘IN

Mavzuga oid