Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liga 1. "Monako" qo‘shimcha daqiqada gol kiritib, "PSJ" bilan durang qayd etdi
Fransiya chempionati 22-turining markaziy uchrashuvida "PSJ" o‘z maydonida "Monako"ni qabul qildi. "Park de Prens" stadionida kechgan uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
80-daqiqada mezbonlar Kavani tomonidan aniq amalga oshirilgan penalti evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. Biroq o‘yinga qo‘shib berilgan vaqtda Silva mehmonlarga 1 ochko keltirgan golga mualliflik qildi.
Ushbu o‘yindan so‘ng "Monako" 49 ochko to‘plab, "Nitstsa" bilan musobaqa jadvalini boshqarmoqda. "PSJ" 46 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
PSJ – Monako 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 81, penalti Kavani, 1:1 – 90 Bernardu Silva.
PSJ – Trapp (Areolya, 54), Markinos, Kurzava, Mene, Tiago Silva, Matyuidi, Motta, Lukas Moura (Di Mariya, 60), Rabo, Draksler (Gonsalu Gedesh, 87), Kavani.
Monako – Subashich, Glik, Fabino, Mendi, Jyemerson, Bakayoko (Mbappe, 89), Bernardu Silva, Lemar (Karrilo, 83), Sidibe, Jyermen (Moutinyu, 76), Falkao.
Ogohlantirish: Sidibe (80).
Mavzuga oid
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
07:03 / 07.05.2026
«PSJ» qatorasiga ikkinchi yil finalga chiqdi
22:20 / 29.04.2026