Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: NATO sobiq bosh kotibi o‘g‘li Tramp ma'muriyatiga ishga o‘tishi mumkin
NATO sobiq bosh kotibi daniyalik Anders Fog Rasmussenning o‘g‘li AQSh yangi prezidenti Donald Tramp ma'muriyatida katta lavozimga ishga o‘tishi mumkin. Bu haqda Daniyaning Politiken gazetasi Vashingtondagi o‘z manbalariga asosan xabar berdi.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Xenrik Fog Rasmussenga ish bo‘yicha taklif qilingan bo‘lib, u javob berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Gap aynan qaysi lavozim to‘g‘risida borayotgani noma'lum, biroq Politiken tahlilchilari fikricha, kichik Rasmussen maslahatchi yoki elchi etib tayinlanishi mumkin.
Shimoliy Atlantika alyansi sobiq bosh kotibining 38 yoshli o‘g‘li Daniyada tug‘ilgan bo‘lib, 2000-yilda AQShga ko‘chib o‘tgan, 2010 yilda esa Amerika fuqaroligini olgan. U Illinoys shtatida yashaydi hamda Respublikachilar partiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Erkak Cimbria Capital konsalting firmasiga rahbarlik qiladi. Avvalroq esa Vashingtonda xuddi shu sohada - jamoatchilik bilan xalqaro aloqalar bo‘yicha mehnat qilgan.
Kichik Rasmussen respublikachi bo‘lishiga qaramay, AQShdagi saylovoldi kampaniyasi vaqtida Politiken’ga bergan intervyusida Trampga ovoz bermasligi haqida ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, milliarder siyosatchining xatti-harakatlari juda ham tushunarsiz va bu uning xalqaro savdo hamda muhojirlik siyosati bo‘yicha masalalar bo‘yicha pozitsiyasiga to‘g‘ri kelmaydi.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020