09:26 / 30.01.2017
14588

Tojikistondagi qor ko‘chkilari oqibatlari

Tojikistonda Dushanbe-Xo‘jand avtomobil trassasining 51 km dan 71 km gacha qismi 28 yanvardagi 40 ta qor ko‘chkisi yuz berishi sababli to‘sib qolindi, 100 dan ortiq mashina yo‘lda qolib ketgan.   

Odamlarni evakuatsiya qilish uchun Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari, polkovnik Salimzoda boshchiligida ishchi guruh tuzilgan.

28 va 29 yanvarlarga o‘tar kechasi o‘tkazilgan ishlar natiijasida 500 kishi, 30 ta yuk mashinasi va 60 ta yengil mashina evakuatsiya qilingan.  

Bir kishi bedarak yo‘qolgan. Ta'kidlanishicha, qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.

Yo‘llarni tozalash va voqea oqibatlarini bartaraf etish uchun yo‘lning ikki chetidan 6 ta texnika birligi ajratilgan.

Ko‘chkilar sodir bo‘lgan joylarda aholi xavfsizligini ta'minlash maqsadida DAN xodimlari va IRS kompaniyasi yo‘l xizmati xodimlari qo‘yilgan.  

Dushanbe-Xorug‘-Murg‘ob avtomobil yo‘lidagi vaziyat jiddiy bo‘lib qolmoqda. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha shtab tuzilgan va kun bo‘yi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu munosabat sababli Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qo‘mitasi aholidan uzoq safarlarga, qor ko‘chki xavfi bor joylarga borishdan voz kechishni hamda ogoh va e'tiborli bo‘lishni qa'tiyatlik bilan so‘ramoqda.

Qo‘mitaning ma'lum qilishicha, oxirgi kunlarda ob-havo iliqlashishi va yog‘ingarchilik sababli Hissor tizmasi tog‘larida, Tog‘li Badahshon avtonom viloyatida, Dushanbe-Xorug‘, Dushanbe-Xo‘jand, Dushanbe-Jirg‘atol, Xorug‘-Murg‘ob, Xorug‘-Ishkoshim avtomobil yo‘llarida qor ko‘chkilari yuz berishi xavfi saqlanib qolmoqda.

Top