Jahon | 17:32 / 30.01.2017
37241
3 daqiqa o‘qiladi

Trampning Putin va Merkel bilan telefondagi muzokaralari vaqtida olingan suratlar taqqoslandi

Bild gazetasi Amerika prezidenti Donald Trampning Rossiya rahbari Vladimir Putin va Germaniya kansleri Angela Merkel bilan telefon muzokaralari paytida olingan suratlarini taqqosladi. 

"Ba'zan suratlar so‘zlardan ko‘proq ma'lumotlarni yetkazib beradi", - deb yozadi jurnalist Simon Shyutts. 

Uning nuqtai nazariga ko‘ra, Donald Tramp Putinga Merkelga nisbatan ko‘proq e'tibor qaratgan. 

Rossiya prezidenti bilan suhbat chog‘ida olingan surat

Rossiya prezidenti bilan suhbat chog‘ida olingan suratda Amerika rahbarini butun bir jamoa qurshab turganini ko‘rish mumkin: vitse-prezident Mayk Pens, Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser, Oq uy apparati rahbari Rayns Pribus, bosh maslahatchi Stiven Brennon, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Maykl Flinn.

GFR kansleri bilan suhbat chog‘ida olingan surat

GFR kansleri bilan telefon muzokaralari paytida esa boshqacha muhit - aftidan, Trampning "dunyoning eng nufuzli ayoli"ga bo‘lgan qiziqishi cheklangan bo‘lgan, deb hisoblaydi Shtyuts. 

Prezidentning yonida faqat Flinn bo‘lgan. Brennon va Pribus ham xonada bo‘lishgan, lekin boshqa ishlar bilan band bo‘lishgan chog‘i. 

"Bu, ehtimol, Merkel bilan bo‘lgan suhbat nisbatan kamroq ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi", - deya taxmin qildi muallif. Putin bilan bo‘lgan suhbatda esa, bahsli mavzular yuzaga kelishi mumkin edi (masalan, Ukrainadagi vaziyat)", - deya qo‘shimcha qildi u. 

Rossiya prezidenti bilan bo‘lgan suhbat Tramp uchun muhimroq bo‘lganini muzokaralarga ketgan vaqtdan ham anglab olish qiyin emas: u Putin bilan deyarli bir soat davomida suhbat qurdi, Merkel bilan esa - 45 daqiqa, deya ta'kidlaydi Shyutts. 

Mavzuga oid