Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va Isroil 6 yildagi ilk siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazadilar
Turkiya va Isroil o‘rtasida 2010 yilda boshlangan o‘zaro munosabatlardagi nifoqdan keyingi birinchi turk-isroil maslahatlashuvlari 1 fevralda Anqarada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Turkiya delegatsiyasiga tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Umit Yalchin, Isroil delegatsiyasiga esa Isroil tashqi ishlar vazirligi bosh direktori Yuval Rotem boshchilik qiladi. Bundan tashqari, Turkiya hukumati a'zolaridan biri shu haftada Isroilga tashrif buyuradi.
Isroil va Turkiya "Erkinlik flotiliyasi" voqeasi yuz berishi – 2010 yilda Isroil "kommandosi" tomonidan G‘azo sektori qamalini yorib o‘tish uchun ketayotgan kemalarning qo‘lga olinishi va 9 nafar turkning halok bo‘lishidan keyin o‘z elchilarini chaqirtirib olgan.
Ixtilofni yengish uchun davlatlarga 6 yil talab qilindi. Munosabatlarning normallashtirilishi haqidagi kelishuvda elchilarning qaytarilishidan tashqari, turk fuqarolarining o‘limi uchun 20 mln dollar tovon puli to‘lash, isroillik harbiylar va siyosatchilarni bo‘lgan voqea yuzasidan sud tomonidan taqib qilinishini bekor qilish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:30 / 08.06.2026
Tramp: Netanyahu Eron bo‘yicha har qanday kelishuvni qabul qiladi
09:20 / 08.06.2026