AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan keng kölamli uruşni yakunlaş böyiça kelişuvga yöl oçiş maqsadida Isroildan Livandagi hujumlarini töxtatişni talab qilib kelmoqda. Hatto ötgan haftadagi telefon muloqoti çoğida u boş vazir Binyamin Netanyahuni haqoratli sözlar bilan qattiq koyigan. Şunga qaramay, Isroil yakşanba kuni erta tongda — Livanda sulh rejasi e’lon qilinganidan beri ilk bor Bayrut hududiga zarbalar berdi.

2026-06-08 09.06.49

7 iyun kuni Eron bunga javoban Isroildagi obektlarga qarata bir guruh raketalar uçirdi. Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi Nazaret yaqinidagi Ramat-David aviabazasini nişonga olganini ma’lum qildi. Isroil harbiylari esa Erondan uçirilgan raketalar aniqlangani va ularni havo mudofaa tizimlari urib tuşirganini bildirdi.

Ammo, tarmoqlarda Eronning bir neça raketasi Isroil hududiga tuşgani, uni Temir gumbaz tutib qololmagani aks etgan videolar tarqaldi.

Eronning tinçlik muzokaralaridagi boş vakili, parlament spikeri Muhammad Boqir Ğolibofning ta’kidlaşiça, AQŞ bazalari va Isroil aktivlari – duşmanlik harakatlari, jumladan, «Livan böyiça kelişuvlarning buzilişi» sababli qonuniy nişonlar hisoblanadi.

Yakşanba kuniga qadar, aprel oyida keng kölamli uruşda öt oçişni töxtatiş rejimi boşlanganidan beri Eron Isroilga hujum qilmagan edi, garçi «Xizbulloh» buni amalga oşirgan bölsa ham.

2026-06-08 09.07.03

Bir neça soat ötgaç, Isroil mudofaa kuçlari Eron harbiy obektlariga zarba berganini ma’lum qildi. Muhofizlar korpusiga köra, Isroil Eron içkarisidagi obektlarga havoda uçiriladigan ballistik raketalar yordamida hujum uyuştirgan.

Tramp: «Hammasi joyida»

Axios naşriga köra, Tramp va Netanyahu yakşanba kuni telefonda yarim soatga yaqin gaplaşgan. Naşr iqtibos keltirgan AQŞ rasmiysining sözlariga köra, Tramp muloqot çoğida Netanyahuga navbatdagi zarbalardan tiyilişni aytgan, çunki «biz kelişuv borasida yaxşi bir natijaga erişişga yaqinmiz».