Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda vizaga ariza beruvchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari tekshiriladi
AQShning viza tekshiruvchi zobitlari AQShga kirish vizasiga ariza berganlarning ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlarini tekshirishadi. Bu haqda AQSh ichki xavfsizlik vaziri Jon Kelli matbuot-anjumanda aytdi.
"Viza arizalari bilan ishlanayotganda ijtimoiy tarmoqlar tekshiriladi", deb aytdi Kelli.
27 yanvarda Donald Tramp "Mamlakatni xorijiy terrorchilar kirishidan himoya qilish to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu farmon AQShga 7 davlat fuqarolarining 90 kunga kirishini taqiqlaydi, 120 kunga istalgan qochqinlarning qabul qilinishini to‘xtatadi hamda Suriyadan qochqinlarning qabul qilinishini noma'lum muddatga taqiqlaydi. 30 yanvarda yana bir qator davlatlar, jumladan Rossiya fuqarolariga viza olishda talablar o‘zgartirildi.
Bu farmon AQSh chegarasini kesib o‘tayotgan boshqa davlatlar fuqarolari ortidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
10:56
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026