Oq uy: yangi islohot ishchi vizalari berish jarayoniga ham tegishli
AQSh prezidenti Donald Tramp rejalashtirgan immigratsiya islohoti ishchi vizalarni berish jarayoniga ham taalluqli bo‘ladi. Bu haqda AQSh prezidenti matbuot kotibi Shon Spayser matbuot anjumanida ma'lum qilgan.
Jurnalistlar Spayserga immigratsiya qonunchiligidagi o‘zgarishlar H1-B turidagi ishchi vizalariga ham oid bo‘ladimi?, - deya murojaat qilishgan.
"Ha, bu immigratsiya islohoti bo‘yicha umumiy choralarning bir qismidir, prezident ular haqida o‘zining ijro farmonlari vositasida so‘z yuritishni davom ettiradi", — degan Spayser.
Mavjud cheklovlarga ko‘ra, AQSh yiliga 65 ming dona H1-B vizasini taqdim etadi, bu Amerika ish beruvchilariga malakali xodimlarni xorijdan jalb qilish imkonini beradi. Ish beruvchining homiyligi mavjud bo‘lsa, ushbu viza egalari vaqti kelib AQShda doimiy yashab, ishlashga ruxsat beruvchi Green Card olishlari mumkin bo‘ladi.
H1-B vizalari, Amerika fuqarosi bilan nikohdan o‘tish va qochqin maqomini olish barobarida AQShga immigratsiyaning eng keng tarqalgan turlaridan biridir.
Mavzuga oid
11:50
AQSh sudi Maskning siyosiy lotereyasini taqiqlamadi
14:35 / 04.11.2024
AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi
11:10 / 04.11.2024
CNN: AQSh saylovlari Putinni Kiyev bilan muloqotga undamaydi
09:30 / 04.11.2024