Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda tashkilotlar xodimlari uyma-uy aylanib, aholi hayotini yaxshilovchi qator tadbirlarni amalga oshirishadi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining qaroriga muvofiq 2017 yilda Samarqand viloyatida turli sohalarni rivojlantirishga qaratilgan bir qancha tadbirlar amalga oshiriladi.
Zarafshon nashri yozishicha, sessiyada xalq deputatlari viloyat Kengashidagi siyosiy partiyalarning deputatlik guruhlari vakillari so‘zga chiqib, viloyatda amalga oshirilgan ishlarga ijobiy baho berib, o‘z partiyalarining dasturiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yanada jadallashtirish borasidagi takliflarini bildirgan.
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi quyidagi qarorni e'lon qilgan:
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yanada jadallashtirish maqsadida viloyat hokimligiga tegishlicha takliflar berilsin;
- viloyat iqtisodiyoti va uning tarmoqlarini, hududlarni rivojlantirishning prognoz parametrlariga erishishni so‘zsiz bajarish choralarini ko‘rish;
— iqtisodiy soha tashkilotlari xodimlari tomonidan aholi xonadonlarini uyma-uy aylanib chiqish yo‘li bilan mavjud muammoli masalalarni o‘rganish, tadbirkorlik sub'yektlarini moliyalashtirishni kengaytirish kabi vazifalar bajarilishini ta'minlash;
— viloyatdagi ishlab chiqaruvchi korxonalarni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish;
— sanoat salohiyatini oshirish, import o‘rnini bosadigan mahsulotni ko‘paytirish va ichki bozorni iste'mol tovarlari bilan to‘ldirishni kengaytirish;
— ishlab chiqaruvchi korxonalarni eksport faoliyatiga jalb etish hamda eksport uchun ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari turlarini kengaytirishga erishish;
- mahalliylashtirish dasturi doirasidagi chora-tadbirlarni to‘liq bajarishga erishish;
— 2017 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash Dasturi bajarilishi ustidan tizimli monitoring olib borish;
— kichik biznes va tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash choralarini belgilash va amalga oshirish, ularga "Yagona darcha" markazlari orqali xizmat ko‘rsatishni ta'minlash;
— kollej bitiruvchilarini ish bilan ta'minlashda mahalliy hokimliklar mas'uliyatini yanada oshirish. Bu borada iqtisodiy-ijtimoiy organlarning, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi va viloyatdagi tijorat banklarining xodimlarini, hokimliklar birinchi o‘rinbosarlarini jalb etishning prinsipial jihatdan yangi amaliy mexanizmini joriy etishga erishish;
— ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining hayot darajasi va sifatini yanada oshirish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirish;
— dori-darmonlarning cheklangan narxlar bo‘yicha sotilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;
- qishloq xo‘jaligidagi tub tarkibiy o‘zgarishlarni uzluksiz davom ettirish, fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatlarini takomillashtirish.
Mazkur qaror bajarilishi ustidan nazorat qilish viloyat hokimining hisobotiga doir masalani sessiyaga kiritishga mas'ul etib belgilangan xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjyetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (Karimov) zimmasiga yuklangan.
Mavzuga oid
11:24
O‘zbekiston aholisining 89,4 foizini o‘zbeklar tashkil etadi
10:49
Ro‘yxatga olish natijasida O‘zbekiston aholisi soni 39 milliondan oshiq ekani ma’lum bo‘ldi
10:10 / 27.06.2026
34 yilda 9 yoshga o‘sish: o‘zbekistonliklar uzoqroq umr ko‘rmoqda
08:18 / 23.06.2026