Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, keksa aholi uluşining ösişi soğliqni saqlaş tizimi va turmuş darajasi yuqori ekanining belgisi hisoblanadi. Biroq bu holat pensiya ta’minoti, tibbiy xizmat va ijtimoiy infratuzilmaga qöşimça bosim ham yuklaydi.

Tadqiqot natijalariga köra, dunyoda keksa aholi uluşi eng yuqori bölgan davlat — Monako hisoblanadi. Knyazlik aholisining 36,2 foizini 65 yoşdan oşganlar taşkil etadi.

Bu borada Yaponiya ham yetakçi davlatlar qatorida. Mamlakat uzoq umr köriş böyiça dunyodagi eng yuqori körsatkiçlarga ega bölib, aholining örtaça yoşi qariyb 50 yoşni taşkil qiladi. Yaponiyada 65 yoşdan kattalar uluşi 29,8 foizga yetgan.



Yevropaning köplab davlatlarida ham aholining qarişi jiddiy demografik muammo sifatida baholanmoqda. Qit’adagi mamlakatlarning yarmidan köpida keksa aholi uluşi 20 foizdan yuqori.

Rossiyada 65 yoşdan oşganlar aholining 17,2 foizini taşkil etadi. AQŞda esa bu körsatkiç biroz yuqoriroq bölib, 17,9 foizga teng.

Aksinça, Afrika va Yaqin Şarqning köplab mamlakatlarida aholi tarkibi ança yoş hisoblanadi. Bu hududlarda 65 yoşdan oşganlar uluşi aksariyat hollarda 5 foizdan ham past.

Masalan, Qatarda keksa aholi uluşi atigi 1,7 foizni taşkil etadi. Bu mamlakatda mehnatga layoqatli yoşdagi aholi va mehnat migrantlari sonining yuqoriligi demografik tarkibga sezilarli ta’sir körsatmoqda.

Demograflar fikriça, aholi qarişi kelgusi ön yilliklarda köplab davlatlar uçun iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning asosiy çaqiriqlaridan biri bölib qoladi.