Jamiyat | 17:59 / 31.01.2017
16993
3 daqiqa o‘qiladi

Shahrisabzda Islom Karimov yodiga bag‘ishlangan «Xotira kechasi» o‘tkazildi

O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi hamda tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi bilan hamkorlikda joriy yilning 30 yanvar kuni tumandagi 2-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, O‘zbekiston davlatining asoschisi Islom Karimov tavallud kuniga bag‘ishlab «Xotira kechasi» o‘tkazildi.

Biz bilamizki, mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov vatanimizning mustabit tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk yo‘lboshchimiz og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi. Islom Karimov oliyjanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz tarixida, xalqimiz qalbida uchmas iz qoldiradi. Jahon miqyosida katta hurmat, obro‘ga sazovar shaxs va arbob sifatida tanildi.

«Xotira kechasi» da tumandagi 16 ta umumiy o‘rta ta'lim maktabi pedagoglari 4 ta shart bo‘yicha bahslashishdi. Unda Islom Karimovga musiqiy kompozitsiya asosida buyuk davlat arbobi sifatida ta'rif berildi, uni asarlari nomini sanab o‘tildi, «Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch» asari asosida savollarga javob berildi, Islom Karimovga bag‘ishlangan o‘z ijodlaridan namuna she'rlar yoddan o‘qib berildi, erkin mavzuda qo‘shiq yoki raqs ijro etildi.

Ishtirok etgan barcha ta'lim muassasalari ham O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti O‘zbekiston davlatining asoschisi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligiga qo‘shgan hissasi, u kishining sermazmun hayoti va faoliyatining yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni va ahamiyati beqiyos ekanligini sahna ko‘rinish orqali namoyon etishdi. Tadbirda faol ishtirok etgan 1 DIMI,7 DIMI, 4 , 27 ,74 ,78 ,83 , 88 ,100-umumiy o‘rta ta'lim maktab jamoalari tuman kengashi va tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

Tadbirda «Turkiston» gazetasi bosh muharriri F.Karimov, Shahrisabz tuman xokimi o‘rinbosari xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Sh.Rahmonova, tuman ma'naviyat-targ‘ibot markazi bo‘limi rahbari Sh.Tog‘ayeva, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Yuldoshevlar va tarmoq kasaba uyushma tashkilotlari ishtirok etishdi va so‘zga chiqishdi.

 

Mavzuga oid