Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp farmonini bajarishdan bosh tortgan AQSh bosh prokurori vazifasini bajaruvchisini ishdan bo‘shatdi
AQSh prezidenti Donald Tramp bosh prokuror vazifasini bajaruvchi – adliya vazirligi rahbari Salli Yyeytsni ishdan bo‘shatdi. U muhojirlik haqidagi farmonni bajarishdan bosh tortgan, deb xabar berdi Oq uy.

Mahkamaga Virginiya shtatining Sharqiy okrug bo‘yicha prokurori Dana Boyente rahbarlik qiladigan bo‘ldi.
"Bosh prokuror vazifasini bajaruvchi Salli Yyeyts Qo‘shma Shtatlar fuqarolarini himoya qilishga yo‘naltirilgan qonuniy buyruqni bajarishdan bosh tortib adliya vazirligiga xiyonat qildi", - deyiladi Oq uy bayonotida.
Ma'muriyat Yyeyts avvalgi prezident Barak Obama jamoasida ishlaganini ham eslatib o‘tgan.
"Yyeyts xonim – Obama tomonidan lavozimga tayinlangan bo‘lib, u chegaralar va noqonuniy muhojirlik bo‘yicha juda ham kuchsiz pozitsiyaga ega", - deya ma'lum qilishgan Oq uyda.
"Mamlakatimiz himoyasiga jiddiy kirishadigan vaqt keldi. Yettita xavfli joydan keluvchi kishilarni kuchaytirilgan tartibda tanlash – bu eng so‘nggi chora. Bu yaxshi o‘ylangan qadam hamda mamlakatimizni himoya qilishga kerak", - deya qo‘shimcha qilishgan Tramp ma'muriyatida.
Boyente vazirlikni Jyeffa Seshns nomzodi bosh prokuror etib tasdiqlanmagunga qadar boshqaradi, deb aniqlik kiritilgan Oq uyda.
Avvalroq AQSh bosh prokurori vazifasini bajaruvchi Salli Yyeyts adliya vazirligi yuristlariga sudda Trampning muhojirlik bo‘yicha farmonini himoya qilmaslikka buyruq berdi.
"Ayni damga qadar meni ijro farmoni qonuniy ekaniga ishontira olishmadi", - deya yozgan Yyeyts vazirlik amaldorlariga yo‘llangan memorandumda.
Salli Yyeyts yangi prezident inauguratsiyasidan so‘ng o‘z lavozimini vaqtincha saqlab qolgandi. Taxminlarga ko‘ra, u AQSh bosh prokurori vazifasini Donald Tramp istagan nomzod ma'qullangunga qadar boshqarishi lozim edi.
Avvalroq Tramp “Mamlakatning xorijiy terrorchilar kirib kelishidan himoyasi to‘g‘risida”gi farmoni bilan mamlakatga 90 kun davomida Eron, Iroq, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan fuqarolari kirib kelishini taqiqlab qo‘ydi. Hujjat shuningdek barcha qochqinlarni qabul qilishni 120 kunga to‘xtatib turish hamda Suriyalik qochqinlarni qabul qilishni noma'lum muddatga qoldirishni ham nazarda tutadi.
Hujjat amerikaliklar orasida katta norozilikka sabab bo‘ldi. Xususan, farmonga qarshi da'vo arizalari Vashington, Virginiya, Kaliforniya, Nyu-York va Massachusets shtatlarida berildi.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020