Jahon | 09:41 / 01.02.2017
3167
1 daqiqa o‘qiladi

Abe Trampga ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha qator takliflarni bildiradi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe AQSh prezidenti Donald Tramp bilan rejalashtirgan uchrashuvida Amerikada qo‘shimcha ish o‘rinlari barpo qilishga ko‘maklashadigan qator loyihalarni taklif qiladi. Ikki mamlakat yetakchilarining uchrashuvi 10 fevralda Vashingtonda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, deb xabar qiladi  Kyodo agentligi Yaponiya hukumatidagi manbasiga tayangan holda. 

Agentlikka ko‘ra, gap minglab ish o‘rinlarini yaratish haqida bormoqda. Yaponiya AQSh bilan hamkorlik qilishi mumkin bo‘lgan sohalarga tezyurar temir yo‘l magistrallari qurish va slanetsli neft konlariga doir loyihalarni kiritish mumkin. Bundan tashqari, Toyota avtokonsernining Amerikadagi ishlab chiqarish korxonalariga 5 yil mobaynida 10 mlrd dollar sarmoya kiritish hamda SoftBank telekommunikatsiya kompaniyasining AQSh iqtisodiyotiga 50 mlrd dollar miqdorida investitsiya kiritish rejalarini ham qayd etsa bo‘ladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid