Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh parlamentiga Eronga nisbatan harbiy kuchni ishlatishga doir rezolyutsiya kiritildi
AQSh Kongressiga Eron Islom Respublikasiga nisbatan qurolli kuchlardan foydalanish huquqini prezidentga taqdim etishni ko‘zda tutuvchi rezolyutsiya kiritildi. Agar Eron yadro qurolini olishga urinsa, davlat rahbari shunday keskin chora ko‘rish huquqiga ega bo‘ladi. Hujjat matni Kongress saytiga joylashtirilgan.
Unda ta'kidlanishicha, «Qo‘shma Shtatlar Eronning yadro quroliga ega bo‘lmasligini kafolatlash uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rishi lozim». Chunki, «bunday urinish kelgusida ham mintaqani beqarorlashtiradi» va «nafaqat AQSh, balki uning ittifoqchilariga ham xavf soladi».
Shu sababli, Amerika prezidenti Eron ixtiyorida bunday dahshatli qurol paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida AQSh qurolli kuchlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Rezolyutsiya demokrat Elsi Xastings tomonidan kiritilgan bo‘lib, bu siyosatchi Eron bilan yadroviy bitimga umuman qarshi arboblardan biri hisoblanadi.
Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Eron atom dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuvni tanqid qilgan va uni qayta ko‘rib chiqishga va'da bergan edi. Rasmiy Tehron esa, Tramp erishilgan kelishuvlardan voz kecha olmasligini ta'kidlaydi.
Mavzuga oid
09:20
Axios: Kuba Rossiya va Erondan jangovar dronlar sotib olgan
08:56
Politico: Tramp Grenlandiya bilan alohida kelishuv tayyorlamoqda
05:09
AQShda aviashou vaqtida ikki qiruvchi samolyot to‘qnashib, portlab ketdi
20:41 / 17.05.2026