AQShning Toshkentdagi elchixonasi Donald Trampning farmoni yuzasidan izoh berdi
2017 yil 27 yanvar kuni AQSh Prezidenti yetti mamlakat fuqarolarining Amerika Qo‘shma Shtatlariga kirishini vaqtincha to‘xtatuvchi farmonga imzo chekdi. Amerika Qo‘shma Shtatlariga safar qilishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga bu farmon tegishli emas, biroq buning uchun ular bir vaqtning o‘zida Eron, Iroq, Suriya, Sudan, Liviya, Yaman va Somali fuqaroligiga ega bo‘lmasliklari lozim. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ma'lum qildi. O‘zbekiston fuqarolari avvalgidagi kabi barcha toifadagi vizalar olish uchun murojaat qilishda davom etishi mumkin.
Elchixona O‘zbekiston fuqarolari hamon «Suhbatsiz vizaga murojaat etish dasturi»da ishtirok etishi mumkinligini eslatdi. Ushbu dastur muayyan vizaga ariza beruvchilar uchun konsul bilan suhbatdan o‘tmasdan vizaga murojaat qilishlariga imkon beradi. Bunday imkondan quyidagi toifalar foydalanishlari mumkin:
- Muddati tugaganiga 12 oydan oshmagan vizaga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi (u so‘rayotgan viza toifasi xuddi avvalgi viza toifasidek bo‘lishi lozim)
- 14 yoshgacha bo‘lgan murojaat qiluvchilar
- 79 yoshdan oshgan murojaat qiluvchilar
- Diplomatik va rasmiy vizalarga murojaat qiluvchilar.
«27 yanvarda e'lon qilingan farmon Iroq, Eron, Liviya, Somali, Sudan, Suriya va Yaman mamlakatlari fuqarolari uchun viza berilishini vaqtincha to‘xtatib turishni nazarda tutadi. Farmon keyingi bildiruvga qadar zudlik bilan kuchga kiradi. Agar siz yuqorida sanab o‘tilgan davlatlardan birining fuqarosi bo‘lsangiz yoki ikki fuqarolikka ega bo‘lsangiz, iltimos, viza suhbatini belgilamang va hech qanday viza to‘lovlarini amalga oshirmang. Agar siz suhbatga kirish kunini avvalroq begilab qo‘ygan bo‘lsangiz, ushbu suhbatga kelmang, chunki biz siz bilan viza suhbatini o‘tkaza olmaymiz. Shuni nazarda tutish lozimki, rasmiy hukumat maqsadlari, belgilangan xalqaro tashkilotlar nomidan rasmiy ish yuzasidan yoki Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkilotiga oid rasmiy maqsadlar bilan bog‘liq safarlar uchun yoki muayyan mulozimlarga ushbu farmon shartlari taalluqli emas», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:31 / 03.12.2024
«Boshqa ahmoq toping» – Tramp BRICS davlatlariga tahdid qildi
01:21 / 01.12.2024
O‘zbekiston fuqarolari noma’lum sabablarga ko‘ra BAA hududiga kiritilmayapti
15:32 / 26.11.2024
Pekinda qiyin vaziyatga tushib qolgan 40 nafarga yaqin fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
12:04 / 21.11.2024