Xalq ta'limi vazirligi quyi tashkilot rahbarlarining virtual qabulxonalari ishga tushdi
Xalq ta'limi vazirligi bugungi kunda tizimdagi quyi tashkilotlar, tuman (shahar), viloyat mutasaddi rahbarlarining mas'uliyatini oshirish, joylarda fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish masalasiga e'tibor qaratmoqda.
Jumladan, Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti rektorining virtual qabulxonasi (www.qabulxona.avloniy.uz) ishga tushirildi. Endilikda, fuqarolar malaka oshirish, qayta tayyorlash kurslarining tashkil etilishi, masofadan malaka oshirish o‘quv kurslari, diplom va sertifikat olish bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita institut rektoridan javob olishlari mumkin. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligining Axborot xizmati xabar bermoqda.
Bundan tashqari, Namangan (www.rahbar.namanganvxtb.uz) va Farg‘ona (http://fargonavxtb.uz/online-murojat/sendmail.php) viloyat xalq ta'limi boshqarmalari boshliqlarining ham virtual qabulxonalari tashkil etilib, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Mazkur hududlar mas'ul mutasaddilari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning har bir murojaat ortida inson taqdiri turgani inobatga olingan holda, ularga asosli javoblar qaytarilmoqda.
Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatdagi barcha ta'lim muassasalarida tajriba tariqasida “Ota-onalar xonalari” tashkil etilmoqda. Ota-onalar istalgan vaqtda u yerga kelib, o‘zlarini qiziqtirgan masala yuzasidan quyi bo‘g‘indagi rahbar xodimlar bilan muloqot o‘rnatishi mumkin. Bu esa mavjud muammolarni joyida tezkorlik bilan hal qilish hamda oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligini kuchaytirish imkonini beradi.
Mavzuga oid
11:05 / 07.12.2022
“Xalq ta’limida bugungi qilinayotgan ishlarning natijasini 5-10 yildan keyin ko‘ramiz” - Baxtiyor Saidov
10:13 / 07.12.2022
Xalq ta’limi vaziri – qachon oxirgi marta avtobusda yurgani, 5 soat uxlashi va tizimdagi qarindosh-urug‘chilik haqida
20:37 / 22.11.2022
XTV va SSV tizimlarida budjetning 77 mlrd so‘mi noqonuniy ishlatildi
14:45 / 10.11.2022