Sport | 21:55 / 01.02.2017
8323
2 daqiqa o‘qiladi

Ispan klubi natsizmda ayblangan ukrainalik futbolchini qaytarib yubordi

«Rayo Valekano» muxlislari «Betis»dan ukrainalik futbolchi Roman Zozulyaning ijaraga olinishiga qattiq qarshi chiqishdi va o‘z so‘zlarini o‘tkaza olishdi. La Voz de Galicia nashrining «Betis» direktori Migel Torresilyaga asoslanib xabar qilishicha, ijara kelishuvi muxlislar qarshiligi tufayli amalga oshmadi.

«Rayo Valekano» ultrasi Zozulyaning siyosiy qarashlari tufayli norozilik namoyishlari o‘tkazishdi. Bugungi mashg‘ulotlar vaqtida «Valekas – natsistlar uchun emas» yozuvi tushirilgan banner osilgandi.

Mashg‘ulotdan keyin futbolchi bazani orqa eshikdan tark etishga majbur bo‘lgan.

27 yoshli futbolchi haqoratlar va tahdidlar nishoniga aylandi va u sevilyaliklar klubiga qaytarib yuborildi.

1 fevral kuni Zozulya «Rayo Valekano» a'zosiga aylangandi. Endi u «Betis»ga qaytsa ham mavsum oxirigacha o‘ynay olmaydi, chunki jamoa uni qayta zayavka qilishga ulgurmadi.

Roman Primerada 6 uchrashuv o‘tkazdi. «Rayo Valekano» Segundada 17-o‘rinda bormoqda.

27 yoshli bu futbolchi 2015 yilda mamlakat janubi-sharqidagi harbiy harakatlar vaqtida Ukraina armiyasiga yordam bergan. Futbolchi Yevropa Ligasi finalida «Dnepr» bilan olgan medalini auksionga qo‘ygan va uning sotuvidan tushgan mablag‘ni ukrainalik harbiylar uchun berishini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid