"Chelsi" ushbu g‘alaba orqali o‘z tarixida ilk bor Konferensiyalar Ligasi chempioniga aylandi. Bundan tashqari, londonliklar Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi hamda Konferensiyalar Ligasini yutgan ilk klubga aylandi.
Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chelsi» «Betis»ga qarshi o‘yinda kambek qilib, Konferensiyalar Ligasi g‘olibiga aylandi
Foto: AP
Polshaning Vrotslav shahrida joylashgan "Tarchinski Arena"da 2024/2025 mavsumning Konferensiyalar Ligasi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Angliyaning "Chelsi" hamda Ispaniyaning "Betis" jamoasi maydonga tushdi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv londonliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida "Betis" yarimhimoyachisi Ez Abde hisobni ochdi. 65-daqiqada Enso Fernandes hisobni tenglashtirdi, 71-daqiqada Nikolas Jyekson londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 83-daqiqada Jyeydon Sancho "Chelsi"ning uchinchi golini kiritgan bo‘lsa, 90+1-daqiqada Moyses Kaysedoning goli hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
"Betis" (Ispaniya) – "Chelsi" (Angliya) 1:4
Gollar:Ez Abde (9) – Enso Fernandes (65), Nikolas Jyekson (71), Jyeydon Sancho (83), Moyses Kaysedo (90+1)
Betis: Adrian – Sabali, Bartra, Natan, Rikardo Rodriges (46' Perro) – Fornals (85' Altimira), Isko, Jonni (85' Lo Chelso) – Antoni, Bakambu (72' Ruibal), Ezzalzuli (53' Xesus Rodriges)
Chelsi: Yorgensen – Gusto (46' Jyeyms), Chaloba, Badyashil (61' Kolvill), Kukurelya – Enso, Kaysedo – Madueke, Palmer (87' Giu), Netu (61' Sancho) – Jyekson (80' Dyusberi-Goll)
Ogohlantirishlar: Antoni (88), Perro (90+5) – Badyashil (55), Palmer (80), Sancho (84)
Mavzuga oid
14:28 / 09.01.2026
Televideniyedan murabbiylikka o‘tgan, Runiga yordamchilik qilgan – «Chelsi»dagi yangi «nouneym» haqida
13:35 / 05.01.2026
«Siti» va «Liverpul» yana ochko yo‘qotdi, «Real»da yangi yulduz porladi
18:30 / 01.01.2026
«Chelsi» bosh murabbiy Enso Mareskani iste’foga chiqardi
22:28 / 17.12.2025