Germaniya huquqni muhofaza qiliş organlari Xemer şahrida sovet harbiy asirlari uçun taşkil etilgan lager sobiq qöriqçisining faoliyati böyiça tergovni boşladi. Yakşanba, 23 noyabr kuni Lyudvigsburgda joylaşgan natsional-sotsializm jinoyatlarini tergov qiliş markazi rahbarining örinbosari, prokuror Mixal Otte DW'ga ma’lum qilişiça, dastlabki tekşiruv yakunlanganidan söng iş materiallari Dortmund prokuraturasiga yuborilgan.

Dortmund prokurori Andreas Brendelning aytişiça, hozir u ham mazkur iş böyiça tergov ötkazmoqda. Ayblanayotgan şaxsga 1943–1944 yillarda Xemerda joylaşgan VI A statsionar lagerida (Stammlager, qisqaça Stalag) qöriqçi sifatida xizmat qilgan davrida «qotillik sodir etişga qaratilgan harakatlarda» iştirok etganlik aybi qöyilmoqda, dedi Brendel Bild gazetasiga.

Oktyabr oyi oxirida bu tergov haqida Şlezvig-Golşteynning Quickborner Tageblatt gazetasi ham yozgan edi. Naşr qayd etişiça, iş umuman sudgaça yetib borişi-bormasligi hali noaniq: bu uçun prokuratura yetarli darajada dalillar töplaşi, şuningdek ayblanayotgan şaxs sud oldida javob berişga layoqatli deb topilişi va sud jarayonigaça yetib borişi kerak böladi.

Xemerdagi Stalag VI A lageri 1939 yilda taşkil etilgan. U 1942 yil kuzida Sovet Ittifoqi harbiy asirlari uçun lagerga aylantirilganidan söng ölim holatlari keskin köpaygan — u yerda taxminan 24 ming asir halok bölgan. Haddan taşqari tölib ketgan bu lagerda saqlaş şaroiti fojiaviy edi: sanitariya holati juda yomon, parazitlar köpaygan, dizenteriya va sil keng tarqalgan. Mahbuslar oziq-ovqat yetişmovçiligidan aziyat çekkan va oğir mehnatga, jumladan, kömir konlarida işlaşga majburlangan. Lager 1945 yil aprel oyida AQŞ armiyasi tomonidan ozod etilgan.

Quickborner Tageblatt oktyabr oyida yozganidek, hozir Germaniya «natsistlar davrini huquqiy jihatdan körib çiqişning yakuniy bosqiçi ostonasida» turibdi. Naşr yodga solişiça, 2022 yil dekabrida Ştutgof konsentratsiya lageri sobiq kotibasi Irmgard Furxnerga 97 yoşda çiqarilgan hukm «Germaniyada natsistlarga yordam bergan ayolga qaratilgan oxirgi hukm» sifatida atalayotgan edi va, ehtimol, şunday bölib qoladi.

Gazeta hisob-kitoblariga köra, uç yil oldin Germaniyada yoşi 96 dan 101 ğaça bölgan natsistlarga kömaklaşgan sobiq şaxslarga qarşi yettita jinoiy iş olib borilgan. Bu işlarining barçasi keyinçalik töxtatilgan — ayblanuvçilar vafot etgani, ruhiy yoki jismoniy jihatdan sud oldida javob berişga layoqatsiz deb topilgani yoki dalillar yetarli emasligi sababli.