Jahon | 11:30 / 01.02.2017
4839
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada Tramp farmoni tufayli qochqinlarni qabul qilish dasturini o‘zgartirmaydi

Kanada immigratsiya masalalari bo‘yicha vaziri Ahmad Husanning bayonot berishicha, Kanadaning qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha dasturi AQSh prezidenti Donald Trampning farmoni sababli o‘zgarishlarga uchramaydi. Tramp qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha Amerika dasturi ijrosini vaqtincha to‘xtatgan hamda Yaqin Sharqdagi 7 mamlakat fuqarolari uchun mamlakatga kirishni 3 oy muddatga taqiqlagan edi. 

«Bizning qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha immigratsiya rejamiz juda yuksak. Biz ushbu dasturga amal qilish niyatidamiz», — degan Husan. Uning so‘zlarini CBC telekanali keltirgan.

Kanadaning bu borada 2017 yilga mo‘ljallangan rejasiga ko‘ra, 40 ming qochqinni joylashtirish rejalashtirilgan. 

Avvalroq, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo, uning mamlakati diniy e'tiqodidan qat'inazar barcha qochqinlarni qabul qilishdan xursandligini bildirgan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid