Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litvada Rossiyadan Kaliningrad viloyatini qaytarib olish fikri ilgari surildi
Litva seymi deputati Linas Balsis Rossiyadan Kaliningrad viloyatini qaytarib olish taklifini bildirdi, deb xabar qilmoqda Baltnews.lt.
Deputatning bayonotiga ko‘ra, «Kaliningradning vaqti tugagan». Uning fikricha, Kaliningrad viloyati Rossiyaga doimiy mulk qilib berilmagan.
«Shunday deyilgandi: Yevropada yakuniy tinchlik shartnomasi imzolanmaguncha SSSR boshqaruviga beriladi», — degan deputat.
Uning fikricha, mazkur hududni qaytarib olish bilan Litva yoki YeI, yoxud Vilnyus va Bryusseldan biri shug‘ullanishi kerak.
Bundan avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bayonot berishicha, ikkinchi Jahon urushi natijalarini qayta ko‘rib chiqish «Pandora qutisi» (Pandora haqidagi qadimgi grek afsonasida baxtsizliklar qutisi)ni ochadi.
Shu bilan birga, Rossiyada Litva seymi deputatining taklifiga keskin javob qaytarishdi. Rossiya Federatsiya kengashi xalqaro qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Vladimir Jabarov litvalik deputat Linas Balsisga dastlab Vilen o‘lkasini qaytarib berishni taklif qilgan. Shundan so‘ng, Kaliningrad viloyatini «qaytarish» haqida o‘ylab ko‘rsa bo‘ladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
«Avval Rossiyaga Vilnyus o‘lkasini qaytarishsin?», — degan Jabarov.
Vilen o‘lkasi dastavval Polsha tarkibiga kirgan, fashistlar Germaniyasi va SSSR o‘rtasidagi Molotov-Ribbentrop pakti natijasida SSSR tarkibiga kirgan. Keyinchalik, SSSRdan Litvaga taqdim etilgan.