14:57 / 02.02.2017
5193

CAA Network: Avtokratiya barqarorligi uchun nima yaxshiroq: parlamentarizmmi yoki prezidentalizm?

CAA Network'ning "Avtokratiya barqarorligi uchun nima yaxshiroq: parlamentarizmmi yoki prezidentalizm?" maqolasi Qozog‘iston siyosatiga bag‘ishlandi. 

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev joriy yilning 25 yanvarida konstitutsion islohotlarning boshlanishi haqida e'lon qildi. Ular vakolatlarni prezidentdan parlament va hukumatga qayta taqsimlashga yo‘naltirilgan. Mamlakatga 255 milliarddan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyani jalb qilgan Nazarboyevdan keyingi barqarorlik masalasi  muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Ekspertlarning baholariga ko‘ra, o‘zgarishlar u qadar katta emas va hozircha prezidentlik vakolatining sezilarli darajada pasayishidan dalolat bermayapti. Har holda N.Nazarboyevning siyosiy sahnadan ketishi haqida hech qanday gap yo‘q. Biroq bu tranzit sari endigina birinchi qadamdir va, ehtimol, Qozog‘iston kelajakda parlament respublika bo‘lar. 

Qozog‘iston Respublikasi amaldagi prezidentining to‘g‘ridan-to‘g‘ri vorislari yo‘q, lekin ko‘p sonli qiziqishlar guruhlari bor, oila doirasi ham shular jumlasidandir. Kliyentelist va korporativ tarmoqlarni saqlashni ko‘p partiyali parlament, yetakchi partiya hukmronligi,  qat'iy iyerarxiya va intizomni saqlab qolish orqali ta'minlash mumkin. Prezidentning bundagi roli esa kamayadi. N.Nazarboyev davrida amaldagi prezident hukmronligi cheklanishi mumkin emas, bu haddan ziyod katta tavakkaldir. 

Biroq keyingi prezident bunday vakolatlarga ega bo‘lmaydi. Uning faoliyat doirasi tashqi siyosiy masalalar va milliy xavfsizlik masalalari bilan cheklanishi nomzod oldiga muayyan talab qo‘yadi - u munosib renomega ega bo‘lishi, xorijiy tillarni bilishi, tashqi siyosiy kun tartibini tushunishi kerak bo‘ladi. Qozog‘istonda bunday shaxslar ko‘p emas, masalan, sobiq bosh vazirlardan - K-J.Tokayev yoki K.Masimov.

Top