Texnologiya | 21:58 / 02.02.2017
9549
1 daqiqa o‘qiladi

Facebook, Microsoft, Google va boshqalar Trampga ochiq xat yo‘llashadi

Amerikaning Facebook, Microsoft, Google, Apple va Amazon singari yirik IT-kompaniyalari Trampning immigratsiya masalasidagi farmonidan tashvishlanib, davlat rahbariga ochiq xat yo‘llashni niyat qilishdi. Bu haqda vaziyat bilan tanish manbaga asoslanib, Bloomberg xabar bermoqda.

IT-kompaniyalariga, shuningdek, moliya, ishlab chiqarish, energetika va savdo sohasida faoliyat olib boruvchi boshqa kompaniyalar ham qo‘shilishni rejalashtirgan. Ishtirokchilarning aniq ro‘yxati hozircha taqdim etilmagan. Ammo ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, ro‘yxat mana shu haftada e'lon qilinadi.

— Biz sizning mamlakat migratsiya tizimini xavfsizlikning zamonaviy talablari asosida tuzish borasida qilayotgan xatti-harakatlaringizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Ammo tashvishlanayotganimizning boisi shundaki, sizning yaqinda e'lon qilgan farmoningiz Qo‘shma Shtatlar taraqqiyoti uchun xizmat qilayotganlarning tashrifiga va mamlakat taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, — deyiladi Bloomberg tomonidan e'lon qilingan mazkur xatning bir qismida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid