Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Picstory: Nigeriyalik bolakay ko‘ngillilar bilan uchrashuvga qadar va sakkiz haftadan so‘ng
Reddit.com portalida 22 mingdan ortiq layk yiqqan bu fotosuratda nigeriyalik kichik bolakay o‘z qutqaruvchisi bilan ilk bor uchrashgani va sakkiz hafta o‘tib birga turgani tasvirlangan. Birinchi va ikkinchi kadrlarda ham ayol bolaga suv berayotganini ko‘rish mumkin. Chap tomondagi suratda ochlikdan shishib ketgan qorni bilan turgan juda ham ozg‘in bola bo‘lsa, bir yildan keyin – u sog‘lom va quvnoq bolakayga aylanganini ko‘rish mumkin.
Xop Nigeriya ko‘chalarida yashagan. Uni ko‘ngillilar topib olishganda, qurtlar bolakayning tanasi bilan oziqlanayotganini ko‘rishgan. U ochlik tufayli o‘lish arafasida edi. Bolakay qabilasi uni sehrgar deb atab, haydab yuborganidan so‘ng shu holga tushdi. Suratda u bilan birga Daniyadan bo‘lgan ko‘ngilli Anja Loven turibdi. Ayol o‘z turmush o‘rtog‘i bilan Xop kabilarga yordam berish uchun o‘z vatanini tark etgan.

Bolakay ikki oylik davolash muolajalarini olgach, uni tanib bo‘lmay qoldi. Yana ikki haftadan so‘ng esa uni sehrgar deb atashlariga sabab bo‘lgan gipospadiya (jinsiy a'zosidagi kamchilik) jarrohlik yo‘li bilan bartaraf etildi.
Xop va uning katta yoshdagi do‘sti.

Bolakay ko‘ngillilar uni topishganda shunday holatda bo‘lgan.

Hozirda Xop qutqaruv Markazidagi yangi 35 nafar aka-uka va opa-singillari bilan birga yashamoqda. Aftidan, u o‘z fotosuratlari internetda qanchalik shov-shuvga sabab bo‘lganini hozircha bilmasa kerak.

Mavzuga oid
23:52 / 07.06.2026
Eriksen yana o‘yin vaqtida hushidan ketdi
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
14:25 / 24.03.2026
Daniyada saylovlar: Grenlandiya atrofidagi ziddiyat siyosat markazida
21:26 / 14.02.2026