Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 13 yoshli o‘smir buvi va buvasining yig‘ib qo‘ygan 100 ming dollarini o‘g‘irlagani ma'lum bo‘ldi
Toshkentda o‘smir o‘z buvi va buvasi uyiga onasining sumkasidan yashirin ravishda olgan kalitdan nusxa tayyorlab kirgan. So‘ng xorijiy valyutadagi yirik miqdorda pul mablag‘larini o‘margan.
“Na postu” gazetasining yozishicha, u o‘margan pullarini do‘stlari bilan kafe va klublarlarda o‘tirishga sarflagan. Shuningdek, ular bu mablag‘larga o‘zlariga qimmatbaho uyali telefon apparatlari, kiyim-kechaklar, maishiy texnika, noutbuklar va mototsikl hamda skuter sotib olishgan.
Hatto bu ishda qatnashganlardan biri o‘z uyida ta'mirlash ishlarini ham o‘tkazgan.
Ma'lum qilinishicha, o‘smir umumiy hisobda taxminan 100 ming AQSh dollarini o‘g‘irlab chiqqan.
Guruh a'zolaridan eng kattasiga ayblov hukmi o‘qilgan bo‘lsa, ikkitasiga voyaga yetmagani tufayli amnistiya akti qo‘llanilgan. Bir nafar shaxs esa uzoq muddat davomida huquqni muhofaza qilish organlaridan mamlakat tashqarisida yashirinib kelgan, biroq u oxir-oqibat qo‘lga olingan hamda hozirda uning ustidan sud jarayoni ketmoqda.
Buva va buvisining barcha ishlab topgan va yig‘ib qo‘ygan pullarini o‘margan o‘spirinning o‘zi esa jinoiy javobgarlikka tortilmadi, sababi jinoyat sodir etilgan vaqtda 14 yoshga ham kirmagan bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:11
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi bo‘lib o‘tadi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026