O‘zbekiston | 13:28 / 02.02.2017
11215
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 3 fevral kuni yog‘ingarchilik davom etadi

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 3 fevral kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanadi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanadi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanadi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanadi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Havo harorati kechasi va ertalab 0-5, kunduzi 5-10 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid