Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyenevada Daniyaning Zenvo kompaniyasi superkari namoyish qilinadi
Daniyaning Zenvo kompaniyasi o‘zining yagona modeli TS1 superkarining yangi versiyasi premerasi Jyenevadagi motorshouda o‘tishini ma'lum qildi. Autocar portali ma'lumotlariga ko‘ra, superkarning GT modifikatsiyasi firmaning o‘n yilligi sharafiga yaratilgan va 1150 ot kuchiga ega dvigatel olgan.
Qo‘l usulida yasaluvchi ikki o‘rindiqli TS1 GT karbon kuzov, orqa privod va Zenvo’ning o‘zi yaratgan 5,8 litrli V8 dvigatel bilan jihozlangan.
Standart TS1 motori hajmi 5,9 litrni tashkil qiladi.

Superkarning oddiy versiyasiga qaraganda GT-versiyasi dvigateli 50 ot kuchiga ko‘proq bo‘lib, mashinaning maksimal tezligi soatiga 402 km dan oshadi. Standart model tezligi soatiga 375 km bilan cheklangan.
"Yubiley" modelning narxi 1 160 000 yevroni tashkil qiladi. Mashina qancha nusxada ishlab chiqarilishi ma'lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, Jyeneva motorshousi 9-19 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Yevropaning eng yirik avtomobil ko‘rgazmasi hisoblanadi. Motorshou bu yili 87 marotaba o‘tkaziladi.





Mavzuga oid
23:52 / 07.06.2026
Eriksen yana o‘yin vaqtida hushidan ketdi
14:25 / 24.03.2026
Daniyada saylovlar: Grenlandiya atrofidagi ziddiyat siyosat markazida
21:26 / 14.02.2026
Daniya bosh vaziri Grenlandiyaning narxini aytishdan bosh tortdi
17:08 / 02.02.2026