Jahon | 22:06 / 03.02.2017
11878
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko Donbassdagi vaziyat uchun javobgarlikni Poroshenko zimmasiga yukladi

Foto: RIA

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukraina sharqidagi vaziyat uchun javobgarlik Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko zimmasida ekanligini aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda

"Javobgarlik, birinchi navbatda, urush borayotgan davlatning prezidenti zimmasida bo‘ladi", deb aytdi Lukashenko Donbassdagi ixtilofning avj olishi haqida.

Lukashenkoning aytishicha, u Poroshenko bilan yaxshi munosabatda.

"Men bu yerda Pyotr Poroshenkoga tanbeh bermoqchimasman, men u bilan yaxshi munosabatdaman. Biroq men doimo aytamanki, qanday vaziyat bo‘lmasin, baribir seni ayblayverishadi, chunki sen shu davlat prezidentisan", deb o‘z fikrlariga xulosa yasadi Belarus rahbari.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid