Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Kim Chen In KXDR razvedkasi rahbarini iste'foga chiqardi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In mamlakat razvedka mahkamasi boshlig‘i Kim Von Xonni iste'foga chiqardi. U xizmat mavqeini suiiste'mol qilishda gumon qilinmoqda. Bu haqda «Renxap» o‘z manbalariga asosan xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, razvedka sobiq rahbarining harbiy unvoni ham pasaytirilgan. Kim Von Xon shuningdek korrupsiyada ham ayblanmoqda.
Manbalar so‘ziga ko‘ra, razvedka sobiq rahbarida o‘z unvoniga tiklanish uchun juda ham kam imkoniyat bor.
KXDR razvedkasi bu borada izoh berishdan bosh tortdi.
2016 yilda mamlakat yetakchisi Kim Chen In fuqarolarga hukumat haqidagi suhbat davomida istehzoli so‘zlardan foydalanishni taqiqlagandi.

Mavzuga oid
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026