17:18 / 04.02.2017
7867

Eron parlamenti AQShga Saudiya fuqarolarini ham kiritmaslikka chaqirdi

Eron parlamenti raisining xalqaro ishlar bo‘yicha maslahatchisi Husayn Amir Abdullohiyonning bayonot berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp terrorizmni qo‘llayotgan mamlakatlarni, fuqarolari Amerikaga kirishi taqiqlangan davlatlar ro‘yxatiga kiritmagan. Bu haqda RT (Russia Today – Rossiya Bugun) xabar bermoqda.

«O‘ylaymanki, Tramp biror mamlakat fuqarolariga AQShga kirishni taqiqlashni xohlaganida, 11 sentabr voqealarida qatnashganlar mamlakati vakillariga taqiqlashi lozim edi. Ammo, janob Trampning ro‘yxati terrorizmni qo‘llab-quvvatlayotgan hamda «Al-Qoida» va IShIDni tashkil etgan mamlakatlarni o‘z ichiga olmagan», — degan Abdullohiyon.

Uning aniqlik kiritishicha, Amerika yetakchisi Saudiya Arabistoni fuqarolariga ham AQShga kirishni taqiqlashi kerak. 

«Saudiya Arabistoni — so‘nggi yillarda mintaqada terrorizm tarqalishiga sezilarli hissa qo‘shgan davlat hisoblanadi. Saudiya Arabistoni, ayniqsa, uning hozirgi hukmdorlari adolatsizlikka chidab kelayotgan Yaman halqiga qarshi urushlar va agressiya sababchisidir. Bahraynga harbiy hujum uyushtirdi, Suriyadagi terrorizmni qo‘llab-quvvatladi», — degan siyosatchi. 

Avvalroq, Vashington shtati Sietl shahri federal sudyasi AQSh prezidenti Donald Trampning immigratsiya farmonini qisman to‘xtatgan edi. 

Mavzuga oid
Top