Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rostov-Arena» stadioni qurilishida yosh ishchi baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi
Rossiyaning Rostov shahrida barpo qilinayotgan stadionda yordamchi ishchi metall plita bosib qolishidan halok bo‘ldi.
Fojia Rostov viloyati markazining chap qirg‘og‘ida 2 fevral kuni yuz bergan. «Rostov-Arena» futbol stadionidagi qurilish ishlari chog‘ida Ahmad ismli ishchi metall plitalar ostida qolib ketgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, xizmatchi 2 soat hushsiz yotgan. Tez yordam esa, kechqurun yetib kelgan.
“Nima uchun tez yordam ikki soatda keladi? Axir, gap inson hayoti haqida ketayotgan edi. Nima uchun bu masalaga mas'uliyatliroq yondashilinmaydi? Yigit yosh, hech narsani ko‘rmasdan xazon bo‘ldi”, - deydi marhumning tanishlaridan biri.
Rostovliklardan birining aytishicha, yosh yigit qurilishda yordamchi bo‘lib ishlagan. u 3 fevralda shahar shifoxonasida hayotdan ko‘z yumgan.
Mavzuga oid
10:15
Britaniya davlat xizmatchilari akkauntlari hakerlik hujumiga uchradi
09:50
Rossiya tinchlik muzokaralarini kechiktirishi mumkin - FT
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026