Jahon | 09:35 / 04.02.2017
9174
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Poroshenko va qator davlat yetakchilari bilan telefon orqali suhbatlashadi

AQSh prezidenti Donald Tramp dam olish kunlari Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko, Italiya bosh vaziri Paolo Jyentiloni, NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg va Yangi Zelandiya bosh vaziri Bill Inglish bilan telefon orqali suhbatlashadi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Xabarga ko‘ra, Tramp Poroshenko, Jyentiloni va Stoltenberg bilan 4 fevralda, Inglish bilan 5 fevralda suhbatlashmoqchi. Suhbat mavzulari ma'lum qilinmagan. Biroq, mohiyatan, gap tabrik qo‘ng‘iroqlari haqida ketmoqda, chunki Tramp bor-yo‘g‘i 20 yanvarda o‘z lavozimiga o‘tirdi. Tramp bundan avvalgi bir necha kun qator dunyo yetakchilari, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatlashgan. 

Tramp bu dam olish kunlarini Floridadagi Uest-Palm-Bich shahri yaqinida joylashgan o‘zining Mar-a-Lago xususiy klubida o‘tkazadi. Tramp atrofidagilar bu klubga "qishki Oq uy" deb nom ham berishga ulgurishdi.

Mar-a-Lago maskani avval amerikalik magnatlar vorisi Marjori Merriuezer-Postga tegishli bo‘lgan. U o‘zining turmush o‘rtog‘i, AQShning sobiq ittifoqdagi elchisi Jozef Devis bilan 1937-1938 yillarda Moskvada yashagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid