19:02 / 05.02.2017
4171

Antirekord: «Milan» o‘z uyida «Sampdoriya»ga yutqazdi, bu jamoaning qatorasiga to‘rtinchi mag‘lubiyati

Italiya chempionatinig 23-turida «Milan» «Sampdoriya»ni qabul qildi va minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi.

O‘yindagi yagona golni 70-daqiqada Luis Murel penaltini aniq amalga oshirgan holda urdi. Rossonerilar jamoasi o‘yinni o‘n kishi bo‘lib yakunladi, 90-daqiqada Xose Ernesto Sosa ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.

Bu Montella jamoasining chempionatda qatorasiga uchinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lishidir. Barcha turnirlar hisoblanganda esa qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda mag‘lubiyat. 

Bungacha jamoa A Seriya doirasida «Napoli» (1:2) va «Udineze» (1:2) jamoalariga, Italiya Kubogida«Yuventus»ga (1:2) yutqazgandi.

Ketma-ket to‘rtinchi o‘yindagi mag‘lubiyat jamoa antirekordining takrorlanishidir. Bunday yomon seriya jamoa tarixida olti marta qayd etilgan.

«Milan» endilikda 37 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida sakkizinchi o‘ringa tushdi. «Sampdoriya» esa 30 ochko bilan 10-pog‘onada joylashgan.

24-turda, 8 fevral kuni «Milan» «Bolonya» maydoniga safar qiladi. «Sampdoriya»ning ham A Seriyadagi keyingi o‘yini «Bolonya»ga qarshi, 12 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Milan – Sampdoriya 0:1 (0:0)
Gol: 0:1 – 70, penalti Muriel.
Milan – Donnarumma, Paletta, Sapata, Romanoli, Kutska, Bertolachchi (Okampos, 79), Sosa, Suso, Pashalich (Abate, 72), Deulofeu, Bakka (Lapadula, 72).
Sampdoriya – Viviano, Silvestre, Redjini, Bereshinski, Shkrinyar, Fernandesh (Jurichich, 53), Torreyra, Prat, Linetti, Muriel (Alvares, 80), Kualyarella (Shik, 71).
Ogohlantirishlar: Torreyra (28), Bakka (45), Suso (60), Kutska (63), Sosa (84), Djurichich (90).
Chetlatish: Sosa (90).

«Milan» bosh murabbiyi jamoa muxlislarini ranjitadigan kutilmagan bayonot bilan chiqdi

Top