Dunyodagi eng qimmat ko‘chalar reytingida yetakchi o‘zgardi
Milanning Montenapoleone ko‘chasi dunyodagi eng qimmat ijara haqiga ega savdo nuqtasiga aylandi - u yerda joylashgan binolarning ijara haqi metr kvadrat uchun 20 ming yevroga yetgan.

Foto: Getty Images
Milanning moda uylari butiklari joylashgan Montenapoleone ko‘chasi dunyodagi eng qimmat ijara haqiga ega savdo nuqtasiga aylandi. U ilk bor mazkur reytingdagi asosiy «raqobatchilari» — Nyu Yorkdagi Beshinchi avenyu hamda Londondagi Nyu-Bond stritni ortda qoldirdi.
138 ta global savdo markazlaridagi vaziyatni kuzatish bilan shug‘ullanuvchi Cushman & Wakefield kompaniyasi hisobotiga ko‘ra, ushbu ko‘chada joylashgan binolarning ijara haqi bir yil ichida 11 foizga qimmatlashib, metr kvadrati uchun 20 ming yevroga yetgan.
Ekspertlarning qayd etishicha, 34 yil ichida ilk bor Yevropada joylashgan ko‘cha reytingda yetakchilik qilmoqda. O‘tgan yili Chanel va Gucci hashamatli buyumlar bilan savdo qiluvchi brendlar o‘rtasida kuchayib borayotgan raqobat sharoitida Montenapoleoneda yangi do‘konlarini ochgan.
Gucci va Alexander McQueen kabi brendlarga egalik qiluvchi Kering kompaniyalar guruhi Milandagi ko‘chada joylashgan bino uchun 1,3 milliard yevro to‘ladi — bu Yevropada oxirgi ikki yil ichida ko‘chmas mulk sohasida amalga oshirilgan eng yirik bitimga aylandi.
Cushman & Wakefield vakili Tomas Kasolaning so‘zlariga ko‘ra, lyuks brendlar «juda kam imkoniyatlar sharoitida yaxshi joy topish uchun ko‘plab mablag‘larini tikmoqda». Uning hisoblashicha, Montenapoleoneda ijara haqining tez oshib borishi ko‘cha Beshinchi avenyu yoki Nyu-Bond stritdan ancha qisqa ekaniga bog‘liq, ammo xalqaro brendlar investitsiya kiritib, aynan shu yerga intilmoqda.
Shuningdek, eng qimmat ko‘chalar reytingidan Yelisey maydoni va Honkongdagi Chimsachyoy ko‘chasi ham o‘rin oldi. Top-10 ro‘yxatga Vena markazidagi Kolmarkt savdo ko‘chasi yakun yasadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi
O‘zbekiston | 19:32
-
Erdo‘g‘an Turkiya Rossiya va Ukraina muzokaralarini qabul qilishga tayyor ekanini aytdi
Jahon | 19:29
-
Germaniya kansleri Ukrainaga yetkaziladigan qurol-yarog‘larga oid ma’lumotlarni maxfiylashtirdi
Jahon | 18:41
-
Zelenskiy Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklifiga javob qaytardi
Jahon | 18:26
Mavzuga oid

12:17 / 17.04.2025
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi

16:38 / 10.04.2025
Harbiy xizmatchilarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi

11:59 / 01.04.2025
“Tadbirkorlar olmagan daromadi uchun soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti” - Murod Muhammadjonov

18:16 / 26.03.2025