Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda dunyodagi eng kuchli va eng kichik kompyuter chiqarildi
Xitoylik mutaxassislar noyob ishlanma– eng kuchli va bir vaqtning o‘zida dunyodagi eng kichik kompyuterni taqdim etishdi. Bu haqda ishlab chiqaruvchilar saytida xabar berilgan.
MeegoPad nomli qurilma bir necha bor kattalashtirilgan flesh xotira qurilmasiga o‘xshash bo‘lib, hajmiga ko‘ra uyali telefonni eslatib yuboradi.
MeegoPad T08 to‘rt yadroli Intel Atom x5-Z8350 protsessori, 4 gigabayt operativ xotira va 32 gigabaytli qattiq disk bilan jihozlangan. U o‘ziga o‘xshash bo‘lgan uskunalar orasidagi eng kuchlisidir.
Kompyuterda bir necha port bo‘lib, shuning yordamida bir vaqtning o‘zida uni ikkita monitorga ulash mumkin.
Kompyuter Wi-Fi tarmoqlarida ham ishlab, microSD (128 gigabaytgacha) xotira kartasi va korpusni sovutish uchun kichik ventilyatorga ega.
Qurilmani 155 AQSh dollariga xarid qilish mumkin.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026