Sport | 20:03 / 06.02.2017
6036
2 daqiqa o‘qiladi

Sanches va Aguero ketish taraddudida. Ular oktabrdayoq boshqa jamoa bilan muzokara boshlagan

«Pari Sen-Jyermen» yozgi transferlar vaqtida hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi.

Goal.com xabariga ko‘ra, parijliklar jamoasining short-listida APL yulduzlari – Aleksis Sanches («Arsenal») va Serxio Aguero («Manchester Siti») birinchi galda tilga olinadi.

«PSJ» rahbariyati Agueroning agenti bilan 2016 yilning oktabridayoq muzokara boshlagandi.

Frantsuz klubi sport direktori Patrik Klyuyvert esa Sanchesni jamoaga olib kelishni maqsad qilgan, «PSJ» ushbu futbolchiga rad etish qiyin bo‘lgan taklif bermoqchi.

Qayd etish kerakki, Aguero hozirda o‘z jamoasida asosiy tarkib uchun raqobatni yosh braziliyalik hujumchi Gabriel Jyezusga boy berdi. Shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan Sanches esa «Arsenal»ning qoniqarsiz natijalaridan norozi va shartnomasini uzaytirmasdan, jamoadan ketishni istamoqda.

Aleksis Sanches Ispaniya jamoasidan taklif oldi

Aguero uchun yana bir jiddiy da'vogar paydo bo‘ldi

 

Mavzuga oid