Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: IShIDning neft sotuvidan daromadi qariyb ikki baravarga kamaydi
IShID terrorchilarining neft sotuvidan daromadi o‘tgan yil davomida qariyb ikki baravarga kamaydi. Bu haqda BMT bosh kotibining IShID tahdidiga bag‘ishlangan to‘rtinchi hisobotida aytiladi.
BMTning Iroqqa ko‘mak berish missiyasi hisobotida keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, “IShID neftni noqonuniy sotishdan taxminan 260 million AQSh dollari daromad qilgan. Bu asosan Suriyaning Dayr-az-Zoridagi neft konlari yordamida amalga oshirilgan. 2015 yilda terrorchilar 500 million dollar daromad qilishgandi". "Neft narxlari jiddiy o‘zgarishga uchraydi, va yoqilg‘i yetishmayapti", - deyiladi dushanba kuni taqdim etilgan hujjatda.
Shu bilan bir qatorda, BMTda ta'kidlashlaricha, IShID daromadning bir qismini yo‘qotgani bilan Iroqning Mo‘sul shahrida tamaki mahsulotlarini noqonuniy ravishda sotayotganlarga jarima solgan. Mayda kontrabandchilar uchun jarima miqdori 30-50 dollar atrofida. Shuningdek terrorchilar kishilarni o‘g‘irlash va odam savdosidan pul topadi. Bundan tashqari, xabar qilinishicha, "notijorat veb-saytlardan mablag‘ yig‘ish maqsadida foydalaniladi".
Hujjatga ko‘ra, guruh uglevodorod manbalari va “soliq solish” tufayli o‘z daromadining 80 foizini qo‘lga kiritadi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh xalqaro hamjamiyatni "IShIDning daromadlari ortishiga jiddiy e'tibor bilan qarashni hamda yangi pul topish yo‘llarini aniqlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirishga" chaqirdi.
Mavzuga oid
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026
Ukraina BMT Xavfsizlik kengashini favqulodda yig‘ilishga chaqirdi
12:20 / 04.06.2026