Jahon | 20:28 / 07.02.2017
6458
1 daqiqa o‘qiladi

Kot-d'Ivuarda maxsus kuchlar isyon ko‘tardilar

Foto: © EPA

Kot-d'Ivuar janubidagi Adiake shahrida maxsus kuchlar isyon ko‘tardilar. Bu haqda 7 fevralda Reuters axborot agentligi xabar berdi

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, namoyishchilar maoshlari oshirilishi va yanvardagi tartibsizliklardan keyin hukumat va harbiylar o‘rtasida tuzilgan bitimga o‘xshash bitimni talab qilmoqdalar. Ba'zi namoyishchilar havoga o‘q uzganlar.  

Yanvar boshida Kot-d'Ivuarda harbiylar maoshlari oshirilishini talab qilib tartibsizliklar uyushtirganlar. Isyonlar bir nechta shaharlarda bir necha hafta davom etgan. Mamlakat prezidenti Alassan Uattar buyrug‘i bilan mudofaa vaziri va harbiy boshqarmalar rahbarlari isyonchilar bilan muzokaralar o‘tkazishgan va ularning natijalariga ko‘ra harbiylarga maoshlari oshirilishga va'da qilingan.Kot-d'Ivuar, Adiake, maxsus kuchlar.

Mavzuga oid