Özbekiston içki işlar maxsus kuçlari jamoasi Dubayda ötgan musobaqaning oxirgi kunida yetakçilik qildi.
Özbekiston jamoasi 13 fevralda yakunlangan UAE SWAT Challenge 2020 musobaqasining oxirgi kuni natijalariga köra, 1-örinni egalladi. Jamoa tösiqlar polosasini hammadan tezroq ötib, Rosgvardiyaning “Vityaz” jangçilari va Çeçeniston Respublikasi Rossiya maxsus xizmatlari universiteti jamoasini (RUS) ortda qoldirdi. Barça uç jamoa mukofot pullari bilan taqdirlandi.
Dubaydagi çempionatga muntazam ravişda homiylik qiluvçi INKAS Armored Vehicles kompaniyasi egasi, özbekistonlik Uluğbekxon Maqsumov öz intervyusida Özbekiston jamoasi musobaqaning sönggi kunini çiroyli va munosib yakunlagani hamda eng nufuzli yönaliş – tösiqlar polosasini ötişda eng yuqori örinni egallaganini qayd qilib ötgan.
“Men özbekistonlik bölsam-da, bugun qardoş respublikalar – Rossiya, Afğoniston, Belarus va Qirğizistondan kelgan yigitlarimizni ham qöllab-quvvatlab turdim. Haqiqiy janglarni sport musobaqalari bilan taqqoslab bölmaydi, biroq men bugungi ğoliblarimiz osoyişta hayotimizni, oilalarimiz tinçligini qölda qurol bilan himoya qilişlarini har doim yodda tutaman”, deb aytgan Maqsumov.
30 davlatdan 54 ta jamoa iştirok etgan musobaqa Dubaydagi Al Ruwayaa Training City maxsus kampusi hududida 9-13 fevral kunlari bölib ötgan.
Umumiy hisobda yuqori örinlar quyidagiça taqsimlangan:
1-örin – Dubay politsiyasi
2-örin – Rossiyaning “Vityaz” jamoasi
3-örin – Belarusning SOBR jamoasi
4-örin – RUS (Çeçeniston)
Şuningdek, Belarusning “A guruhi” jamoasi 12-örinni, Özbekiston jamoasi 15-örinni, Armanistonning “Alfa”si 28-örinni, Qirğizistonning “A maxsus kuçlari otryadi” 41-örinni egallagan.

















