Kot-d'Ivuar prezidentining ta'kidlaşiça, Kulibali hukumat yiğilişi vaqtida birdan özini yomon his qilgan. Şundan keyin u şifoxonaga yetkazilgan, biroq şifokorlar uning hayotini saqlab qolişa olmagan.
Kulibali boş vazir lavozimini 2017 yildan beri egallab kelgan. Bundan taşqari, uning nomzodi “Ufuetçilarning demokratiya va tinçlik uçun birlaşmasi” (RHDP) hukmron partiyasidan joriy oktyabrda ötişi belgilangan prezident saylovlariga ilgari surilgan bölgan. 2019 yildayoq navbatdagi prezidentlik muddatiga bormasligini ma'lum qilgan Alassan Uattara Kulibali nomzodini qöllab-quvvatlagan.
Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Kulibali 2012 yilda Parijdagi klinikalardan birida yuragida jarrohlik operatsiyasini ötkazgan.












