Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyoda vertikal ko‘rinishdagi o‘rmon barpo etiladi
Minorali o‘rmon Nanjing Towers (Nantszin minorasi) nomini olgan bo‘lib, 2018 yil Xitoyda qurib bitkazilishi rejalashtirilgan. U Osiyoning eng birinchi vertikal o‘rmoniga aylanadi.

Italiyalik arxitektor Stefano Boyeri tomonidan loyihalashtirilgan minoralarning biri - 656 fut va ikkinchisi esa 354 fut balandlikda bo‘ladi. Ular orasida esa 1000dan ortiq daraxt, 23 mahalliy turdagi 2500ga yaqin buta joylashtiriladi. Eng baland minorada ofis, muzey, yashil arxitektura maktabi va tomda esa klub quriladi. Ikkinchi minorada 247 xonali Hyatt mehmonxonasi va binoning eng ustki qismida basseyn joylashadi.

Balkonlar esa mehmonlarga mahalliy bioxilma-xillikni tiklashga yo‘naltirilgan ajoyib manzarani hadya etadi. Bu Stefano loyihalashtirgan birinchi vertikal o‘rmon emas. Ulardan biri allaqachon Milanda qad rostlagan, ikkinchisi esa Shveytsariyaning Lozann shahrida qurilishi rejalashtirilgan.
Tobora ifloslanib borayotgan dunyoda mazkur yashil inshootlar haqiqiy toza havo nafasini olib keladi.




Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026