Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik jazmanidan tug‘ilgan o‘g‘lini qarzlarni to‘lash maqsadida sotib yubordi
Xitoylik erkak jazmanidan tug‘ilgan o‘g‘lini qonuniy xotinining qarzlarini to‘lash maqsadida sotib yubordi, deb xabar bermoqda Sina portali.
Xabarga ko‘ra, Chen familiyalik 34 yoshli erkak 2012 yilda qonuniy nikohida o‘g‘il farzandli bo‘lgan. Portalning ta'kidlashicha, oilada yaxshi biznes yuritilgan. Keyinchalik erkak Tszyansi viloyatidan o‘ziga jazman topib, undan 2014 yilda o‘g‘il farzandli bo‘ldi.
Chen muammolar tufayli o‘z do‘konlaridan aksariyatini yopib, katta qarzga botganida jazmani tomonidan tug‘ib berilgan o‘g‘lini, uni boqa olmagani tufayli begona oilaga asrab olishga bermoqchi bo‘lgan. Biroq ayol bu taklifni rad etdi.
2016 yilning oktabrida qonuniy xotini qarzlarni qaytarib berish bo‘yicha ko‘plab talablardan so‘ng o‘z joniga qasd qilishga harakat qildi. Shunda erkak internet orqali ikkinchi o‘g‘lini 6,5 ming dollarga sotib yubordi. U mablag‘ning 3,4 ming dollarini rafiqasiga qarzlarni to‘lashi uchun bergan bo‘lsa, qolgan pullarni o‘zida olib qoldi.
Keyinchalik politsiya sotib yuborilgan bolani onasi qaytarib berdi, Chen esa bolani sotish bo‘yicha ayblanib, sud oldida javob berdi. Uning ma'lum qilishicha, qonuniy rafiqasi tomonidan dunyoga keltirilgan o‘g‘lini ko‘proq yaxshi ko‘rgan ekan. Erkakka qanday jazo tayinlangani noma'lum.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
21:17 / 07.06.2026