Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt parlamenti raisi Abdulaziz Komilovni qabul qildi
2017 yilning 8 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Al-Kuvayt shahrida Kuvayt Davlati Milliy majlisi Raisi Marzuq Ali Muhammad al-G‘anim bilan uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston-Kuvayt munosabatlarini chuqurlashtirishning dolzarb masalalari hamda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida ta'kidlanganidek, Milliy majlisda faoliyat olib borayotgan parlamentlararo “Kuvayt-O‘zbekiston” do‘stlik guruhi ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirishda ko‘mak bermoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
08:55 / 06.06.2026
Eron Kuvayt va Bahrayn tomon yettita ballistik raketa uchirdi
08:51 / 04.06.2026
Kuvaytda Eron hujumi oqibatida 1 kishi vafot etdi, o‘nlab insonlar jarohatlangan
12:06 / 03.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi davom etmoqda
09:00 / 22.05.2026