Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 10 yoshli qizcha besh nafar uka va singlisini yong‘indan qutqarib qoldi
Rossiyaning Belgorod viloyatidagi Teterevino qishlog‘ida yuz bergan yong‘in besh nafar uka va singillarini qutqarib qolgan o‘n yoshli Yulya bo‘lmaganida fojiali yakun topishi mumkin edi. Bu haqda Life xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, bolalarning onasi 2 fevral kuni katta qizidan ularga qarab turishni so‘ragan. Uyda oltita voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan: 2, 6, 8 yoshli aka-ukalar va 2 hamda 9 yoshli opa-singil.
Yulya ukalari va singlisi bilan xonada o‘ynayotgan payt, bolalardan biri oshxonaga borib, yong‘in boshlangani haqida baqirgan.
Qo‘rqib ketgan bolalar xonalarga qochib kirib, karavot tagi va shkaflarda berkinib olishadi. Avvaliga qizlardan kattasi olovni suv yordamida o‘chirishga harakat qildi, biroq o‘t bora-bora uydan chiqish imkonini ham to‘sib qo‘ygan.

Yulya ukalari va singillarini bir joyga jamlab, mushti bilan xonadagi oynani sindirdi. Bu payt yonayotgan uyga qo‘shnilar ham yetib kelishgandi – qizcha kichik uka va singillarini ulardan biriga berib, o‘zi hushidan ketdi.
U qo‘shnilarning uyida o‘ziga kelgan va darhol ukalari hamda singillari sonini hisoblashga kirishib ketdi – Yulya kimnidir qutqara olmaganidan qo‘rqqan.
Yulya o‘z xatti-harakatini qahramonlik, deb bilmaydi. Aytishicha, o‘z yaqinlarini juda ham yaxshi ko‘radi va ularni yo‘qotishdan juda qo‘rqadi – shuning uchun jarohatlar va is gazidan zaharlanishga e'tibor ham bermadi.
Mavzuga oid
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026