Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Turkiyani qo‘llab-quvvatlamoqda
Saudiya Arabistoni va Turkiyaning mintaqadagi muammolarga nisbatan nuqtai nazarlari to‘liq mos keladi, dedi Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil Al-Jubayr. Sky News Arabia telekanali shu haqida ma'lum qildi.
"Saudiya Arabistoni va Turkiyaning Iroq hamda Suriya, shuningdek Eronning mintaqadagi ishlarga aralashuviga nisbatan pozitsiyalari mos keladi... Biz Suriya xalqining urinishlarini ro‘yobga chiqarish uchun uning birligini saqlab qolishga harakat qilamiz", - dedi Al-Jubayr Anqaradagi matbuot-konferensiyasida.
U Ar-Riyod Turkiyaning terrorchi guruhlarga qarshi harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qildi.
Qirollik TIV rahbarining ta'kidlashicha, Ar-Riyod va Anqara mintaqada mavjud muammolarni bartaraf etish uchun barcha sohalarda hamkorlik qilishga harakat qilishmoqda.
Kelasi haftada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Fors ko‘rfazi mamlakatlari bo‘ylab safari doirasida Saudiya Arabistoniga ham tashrif buyurishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026