Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning chegara bojxona postlarida 11 ta radiatsion portal monitorlari o‘rnatildi
Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 2017 yil I yarim yilligida o‘tkaziladigan matbuot anjumanlarining rejasiga muvofiq ommaviy axborot vositalari uchun “Bojxona organlari tomonidan kontrabanda va bojxona qoidabuzarliklariga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Mirkomolov ishtirok etib, jurnalistlarga mavzu yuzasidan batafsil axborotlarni takdim qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilgan tadbirlar va bojxona ko‘riklarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanilganligi natijasida 19 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlanib, 68 mlrd. so‘mlik tovar-moddiy boyliklar olib qo‘yilgan. Aniqlangan holatlarning 581 tasi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Huquqbuzarliklarning 1,2 mingga yaqini bojxona postlarida o‘tkazilgan bojxona ko‘riklari natijasida aniqlangan. 675 ta huquqbuzarlik holatlari esa bojxona ekspertizalari natijasida fosh qilinib, 7,5 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Ayni paytda barcha chegara va tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari nazorat-ko‘rik va giyohvandlik moddalarini identifikatsiya qiluvchi vositalar, valyuta detektorlari, metalloanalizatorlar hamda boshqa texnik uskunalar bilan ta'minlandi. Bir qator chegara bojxona postlarida 13 ta katta hajmdagi yuklarni kompleks nazorat qilishga mo‘ljallangan skaner qurilmalari, radiatsiya nazoratini amalga oshiruvchi 11 ta radiatsion portal monitorlari o‘rnatildi.
Shuningdek, bojxona organlari tomonidan intellektual mulk egalari huquqlarini himoya qilish borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, intellektual mulk muhofazasi 2016 yilda yangi tahrirda qabul qilingan Bojxona Kodeksida ham o‘z aksini topdi. Endilikda tovar belgisi bilan qonunga hilof ravishda tamg‘alangan kontrafakt tovarlar importini to‘xtatish imkoni yaratildi.
2016 yil davomida bojxona organlari tomonidan turli mazmundagi audio va video mahsulotlar yozilgan 5 mingdan ortiq kontrafakt mahsulotlar aniqlangan bo‘lib, mualliflik va turdosh huquqlar buzilishining oldi olindi.

O‘tgan yil davomida birgina aholi salomatligi uchun zararli bo‘lgan alkogolli ichimliklar ishlab chiqaruvchi 9 ta “yashirin sex”lar fosh etilib, 800 litrdan ko‘proq shu kabi mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Anjuman yakunida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar olishdi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026