Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aks-sado: O‘zbekistonlik shaxmatchilar o‘z vaqtida moddiy rag‘batlantirilmoqda
7 fevral kuni saytimiz orqali “Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorovga homiy kerak, chunki...”, deb nomlangan tahliliy maqola e'lon qilingan edi. Unda shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorovning moddiy rag‘batlantirish masalasiga oid tanqidiy fikrlar tilga olinadi.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining ma'lum qilishicha, 2015-2016 yillar yakuni bo‘yicha Rossiyada an'anaviy tarzda tashkil etilgan jahonning nufuzli “Aeroflot open-2017” turniriga Vohidov Jahongir va Abdusattorov Nodirbekning aviachipta, mehmonxona, ovqatlanish va registratsiya badallari O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hisobidan qoplangan.
Jumladan, Abdusattorov Nodirbekka joriy yil davomida oylik stipendiya to‘lab borishga qaror kilingan. Bu esa Federatsiya yosh shaxmatchilarning moddiy qo‘llab-quvvatlash va yuqori natijalarga erishishiga ko‘maklashish maqsadida tadbiq etilgan. Kelgusida bunday stipendiya oluvchi iqtidorli shaxmatchilar sonini kengaytirib borish rejalashtirilgan.
Federatsiya taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, tasdiqlangan yillik reja asosida shaxmat olamida o‘tkaziladigan nufuzli sport musobaqalariga iqtidorli, yuqori natijalarga erishayotgan yosh sportchilarni va murabbiylarning barcha xarajatlari, jumladan, yo‘l chiptalari, ishtirok badallari, mexmononalarda yashash haqi Federatsiya ichki xarajatlari doirasida qoplanmoqda.
2015 yildan Federatsiya hamda yosh-iqtidorli shaxmatchilar Nodirbek Yakubboyev va Javohir Sindorovni Jahon va Osiyo chempionatlariga tayyorlash maqsadida xalqaro grossmeyster Marat Djumayev bilan shartnoma tuzilgan. J.Sindorov va N.Yakubboyevlar M.Djumayev qo‘l ostida shug‘ullanib, Jahon va Osiyo chempionatlari va qator Xalqaro reyting turnirlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan va xalqaro sport unvoni me'yorlarini bajarishgan. Murabbiyni iqtidorli shaxmatchilarni tayyorlashga jalb qilish loyihasi uchun Federatsiya hisobidan 41 000 000 so‘mga yaqin mablag‘ sarf etilgan.
O‘ShF tomonidan mohir murabbiy, grossmeyster M.Djumayevni 2015 yil Gretsiyada o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasiga qo‘shimcha trener sifatida yuborilishi mazkur musobaqada O‘zbekistonning yosh shaxmatchilari Jahon shaxmat olamida kuchli beshlikdan o‘rin olishini ta'minladi. Mazkur chempionat bilan bog‘liq xarajatlar 5 800 000 so‘mdan ortiqni tashkil etgan.
2016 yilda Zaynitdinov Sirojiddin Mo‘g‘ulistonda o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga Federatsiya hisobidan yuborilgan va S.Zaynitdinovning aviachipta, ovqatlanish, mehmonxona va transfer badal xarajatlari - jami 6 300 000 so‘m federatsiya hisobidan qoplangan. Mazkur chempionatda bir qator o‘zbekistonlik sportchilar Osiyo chempioni va sovrindori bo‘lishgan.
Bu yil Sharja shahrida tashkil etilgan “Ramazan open” xalqaro turnirida xalqaro grossmeyster M.Djumayev va N.Yakubboyevlarning aviachiptalari va musobaqa davrida ovqatlanish hamda mehmonxona xarajatlari, ya'ni 7 500 000 so‘m mablag‘ federatsiya hisobidan bo‘lgan.
Sochi shahrida o‘tkazilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida Jahon chempionatida Abdusattorov Nodirbek va Nodirbek Yakubboyev, ularga chempionat davomida murabbiylik qiluvchi V. Yeginning aviachipta, mehmonxona, ovqatlanish badallari - jami 7 300 000 so‘mdan ortiq mablag‘ Federatsiya hisobidan qoplangan.
Federatsiya taqdim etgan ma'lumotda, jumladan, quyidagi raqamlarga guvoh bo‘lish mumkin:
- 20 yoshgachaga bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatida oltin medallarni qo‘lga kiritgan Tohirjonova Gulruhbegim va Yakubboyev Nodirbek 1 000 000 so‘m miqdorida pul mukofoti bilan;
- Gretsiyada o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionatida 1-o‘rinni egallab, “Jahon chempioni” degan yuksak unvonni qo‘lga kiritgani uchun Vohidov Shamsiddin 1 000 000 so‘m miqdorida;
- Qozog‘istonda o‘tkazilgan IV Markaziy Osiyo kubogida ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni egallagani uchun 500 000 so‘m miqdorida pul mukofoti bilan, shuningdek, V.N.Yegin, Gevorgyan I, S.Baymuratovalarning aviachipta va yashash xarajatlari, Qurbonboyeva Sarvinoz, Marat Djumayev va Vohidov Jahongirlarning aviachipta xarajatlari 10 000 000 so‘m miqdorida;
- Mo‘g‘ulistonda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida oltin, kumush, bronza medallarni qo‘lga kiritgani va yo‘nalishi bo‘yicha N.Yakubboyev, X.Begmuratov, O.Nigmatov, A.Abdisalimovlar jami 2 300 000 so‘m miqdorida;
- Tohirjonova Gulruhbegimning Hindistonda o‘tkazilgan 20 yoshgacha qizlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining kirish badali;
- Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan “Osiyo millatlar kubogi”da ayollar terma jamoasi a'zolarining 2 ta kumush medalini qo‘lga kiritganligi munosabati bilan terma jamoaning har bir a'zosi (N.Mo‘minova, S.Qurbonboyeva, I.Gevorgyan (shaxsiy hisobda oltin medal uchun), G.Tohirjonova va S.Baymuratovalar va terma jamoa bosh murabbiyi V.N.Yeginlar 700 000 so‘m miqdorida jami 4 500 000 so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan mukofotlangan.
Bundan tashqari, Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ayollar va erkaklar terma jamoasi a'zolarining tayyorlarlik ko‘rishi uchun tajribali murabbiy, xalqaro grossmeysterimiz Rustam Qosimjonov va qozog‘istonlik xalqaro grossmeyster Murtas Kajgaleyev ishtirokida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari tashkil etilgan. Shuningdek, o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilarning ovqatlanish xarajatlari va murabbiy uchun ish haqi jami 33 000 000 so‘mdan ortiq mablag‘ Federatsiya hisobidan qoplangan.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi 2017 yilda ham iqtidorli sportchilarni, murabbiylarni har tomonlama, ham moddiy xam ma'naviy qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026