Şaxmat böyiça jahon çempioni Nodirbek Abdusattorovga homiy kerak, çunki...
|05:10 / 07.02.201741 75213 min
Madaniyat va sport işlari vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi va Respublika şaxmat federatsiyasi rahbarlari diqqatiga!
“Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalari bilan çegaralanib qoliş kerak emas. Iqtidorli ösmir va qizlarni tanlab oliş va tarbiyalaş böyiça jiddiy seleksiya işlarini amalga oşiriş zarur”.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning asosiy yakunlari va 2017 yilga möljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yönalişlariga bağişlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasida: “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalari bilan çegaralanib qoliş kerak emas. Iqtidorli ösmir va qizlarni tanlab oliş va tarbiyalaş böyiça jiddiy seleksiya işlarini amalga oşiriş zarur”, deb aytgan edi.
Özbekiston şaxmat federatsiyasi jahon çempioni Nodirbek Abdusattorovga 2017 yil uçun eng kam iş haqining 1 barobari miqdorida oylik stipendiya belgiladi. 2016 yil yakunlariga bağişlangan matbuot anjumanida federatsiya mutasaddilari bu haqda e'lon qilişdi. Respublika şaxmat federatsiyasining uşbu qarorini qutlaş kerak, negaki bu iqtidorli şaxmatçilarni qöllab-quvvatlaş borasida navbatdagi qadam qöyilganidan, ya'ni ularni xuddi xorijda bölgani singari moddiy rağbatlantiriş amaliyoti boşlanganidan darak beradi. Ammo stipendiya miqdori kam emasmikan?..
Uşbu savolga javob topişga urinib köramiz.
Şaxmat böyiça jahon çempioni böliş boşqa sport turlariga qaraganda juda qiyin. Şuning uçun ham Italiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya singari bir qator rivojlangan davlatlardan hali biron yoş toifasida bölsin, jahon çempioni yetişib çiqmagan. Kattalar örtasida-ku jahon şaxmat tojini kiyiş 130 yil mobaynida bor-yöği 20 nafar şaxmatçiga nasib etgan, xolos! Şukrki, bolalar va ösmirlar örtasida bizda Şamsiddin Vohidov va Nodirbek Abdusattorov, kattalar örtasida esa Rustam Qosimjonovdek jahon çempionlari bor! Biz bundan ğururlanişimiz, qadrlaşimiz va, ayniqsa, yoş çempionlarimiz şaxmatçi sifatida yanada ösişi, mahoratini oşirişi uçun barça şaroitlarni yaratib berişimiz lozim.
Bugun jahon sportida katta-katta mablağ aylanayotgani hammaga ma'lum. Sport mamlakat nufuzini oşiriş, şa'nini uluğlaş, millat or-nomusini, ğururini himoya qilişdan taşqari, yirik biznes vositasiga ham aylangan. Millioner tennisçi, boksçi, futbolçi, golfçi va xokkeyçilar haqida hammamiz bilamiz. Ammo şaxmatda vaziyat biroz boşqaçaroq. Şaxmat biznes nuqtai nazaridan boşqa köplab sport turlaridan köra jozibasizroq. Şaxmat orqasidan köp-köp pul topiş uçun kamida 2600 reyting baliga ega yoki sodda qilib aytganda, nihoyatda kuçli şaxmatçi böliş lozim. Mana, Rustam Qosimjonov Germaniyaning “OSG Baden-Baden” klubida bundesligada iştirok etadi va tabiiyki, yaxşigina haq oladi. Qolaversa, Yevropada şaxmat infratuzilmasi rivojlangan bölib, tijorat turnirlari, mömaygina sovrin jamğarmasiga ega turnirlar köplab ötkaziladi. Klublar örtasida mamlakat va qit'a çempionatlari yölga qöyilgan. Yetuk grossmeysterlar baquvvat firma va kompaniyalar bilan homiylik şartnomalari tuzgan bölib, bu ularga qöşimça daromad olib keladi.
Mavzuga oid
Bizda esa hali bunday darajaga erişilgani yöq. Hozirça faqat Georgiy A'zamov xotira turniri sovrin jamğarmasiga ega bölib, uyam boşqa xalqaro turnirlarga qaraganda hali ança kamtarona — 20 ming AQŞ dollari. Murabbiylarga tölanadigan haq ham maqtagulik darajada emas. Şuning uçun ham xalqaro grossmeyster Anton Filippov Olmaotada murabbiylik qilmoqda. Yana bir grossmeyster va ajoyib bolalar murabbiyi Dmitriy Qayumov bir neçta xorijiy davlatlarda işlab keldi. Grossmeyster Sergey Qayumov ham çet elda yoş şaxmatçilarga saboq bermoqda.
Özbekistonlik şaxmatçilardan faqatgina Rustam Qosimjonov (reytingi —2699) dunyo miqyosida eng kuçli 100 şaxmatçi safida, hozir u 45-örinda turibdi. Boşqa şaxmatçilarimiz esa hali kuçli yuzlikdan örin ololgani yöq. Lekin Jahongir Vohidov (2561; 1995 yili tuğilgan), Temur Qöyboqarov (2480; 2000), Nodirbek Abdusattorov (2429; 2004), Nodirbek Yoqubboyev (2427; 2002), Javohir Sindorov (2374; 2005), Şamsiddin Vohidov (2355; 2002) kabi yoş istiqbolli şaxmatçilarimiz yaqin kelajakda bunday natijaga erişişiga umid bor. Biroq bu umidlar oqlanişi uçun ularga keng imkoniyat yaratib beriş zarur. Xususan, ularning köproq xalqaro nufuzli turnirlarda iştirokini ta'minlaş lozim. Şunda ularning öz reytingini oşiriş imkoniyati kengayadi.
Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov ayni paytda tengdoşlari orasida dunyoda reyting böyiça 1-raqamli şaxmatçilar hisoblanadi. Endi ular yanada ösişi uçun kattalar örtasidagi musobaqalarda köproq iştirok etişlari lozim. Bolalar örtasidagi turnirlar mahorati oşişi, iste'dodi çarxlanişi, reytingini kötarişga xizmat qilmaydi (qit'a va jahon çempionatlari, ösmirlar örtasidagi butunjahon şaxmat olimpiadasi bundan mustasno).
Yana bir muammo: iqtidorli şaxmatçilarimiz — 13 yoşida 14 yoşgaça bolalar örtasida jahon çempioni bölgan Şamsiddin Vohidov, 14 yoşida Özbekiston tarixida ilk bor kattalar örtasida Özbekiston çempioni bölgan Nodirbek Yoqubboyev, 12 yoşida xalqaro grossmeyster talabini bajargan Nodirbek Abdusattorov, hali 11 yoşda bölsa-da, musobaqalarda grossmeysterlar bilan teppa-teng kuraşayotgan Javohir Sindorovga munosib, kuçli murabbiylar topiş masalasidir. Oçiq aytiş kerak: hozir mamlakatimizda ularning yanada ösişiga yordam bera oladigan murabbiy yöq.
Şaxmatçini musobaqa toblaydi. Buning isbotini jahonning bugungi kundagi eng zör grossmeysterlarining yoşligidagi va bizning iste'dodli yoş şaxmatçilarimiz faoliyatini taqqoslaş orqali körib çiqamiz.
Davrimizning eng zör şaxmatçisi Magnus Karlsen 12 yoşida FIDE masteri (FM) bölgan. 13 yoşni töldirgaç, yana 4 oyu 27 kun ötib xalqaro grossmeyster darajasiga erişgan. Bu paytda, ya'ni 12-13 yoşlarida Karlsen bir yilda deyarli har oyda bittadan nufuzli xalqaro turnirda iştirok etgan. Yanayam aniq aytadigan bölsak, Magnus 2003 yili 9 ta, 2004 yili esa 11 ta şunday turnirda öynab, ham xalqaro master (IM) va xalqaro grossmeyster (GM) talablarini bajargan, ham öz reyting ballarini ança kötarib olgan.
Eng yoş grossmeyster sifatida “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kirgan Sergey Karyakin ham 10 – 12 yoşlarida har yili kamida 10 ta xalqaro musobaqada iştirok etgan va, tabiiyki, turnirlarda erişgan muvaffaqiyatlari uning 13 yoşga tölmasdan xalqaro grossmeyster unvoniga erişişiga olib keldi.
Endi özbekistonlik yoş iqtidorli şaxmatçilarning xalqaro musobaqalardagi iştirokini mamlakatimiz (Nodirbek 2014 yil may oyida Georgiy A'zamov xotira turnirida 2 nafar xalqaro grossmeysterni mağlub etganidan söng ön yettinçi jahon çempioni Rustam Qosimjonov şunday degan edi: “Nodirbek 9 yoşida mening 9 yoşimdagidan köra ança yaxşi öynayapti”) va xorijlik ekspertlar tomonidan eng istiqboli porloq şaxmatçi sifatida qaralayotgan Nodirbek Abdusattorov (“Nodirbek Abdusattorov, el genio uzbeko de 11 años que amenaza el reinado de Magnus Carlsen”— “Nodirbek Abdusattorov, Magnus Karlsen hukmronligini tahlikaga solgan 11 yoşli özbek dahosi”— lavanguardia.com; “Course au record” — “Rekord sari yöl” — echiquier-bordelais.fr, “Nodirbek Abdusattorov: The next Kasparov?”—“Nodirbek Abdusattorov: navbatdagi Kasparovmi?— chess.com va hokazo) misolida körib çiqamiz.
Nodirbek 2015 yili 5 ta, 2016 yili ham 5 ta xalqaro musobaqada iştirok etgan:
2015 yil:
Fevral: Tashkent Round Robin xalqaro turniri — 1-örin.
Mart: Georgiy A'zamov xotira turniri — 17-örin.
Iyun: Tojikistonning Duşanbe şahrida bölib ötgan Markaziy Osiyo (3.4- zonasi) birinçiligi.
Oktyabr: 12 yoşgaça bolalar örtasida jahon çempionati (Gretsiya) — 4-örin.
Dekabr: Qatarning Doha şahrida bölib “Qatar masters” xalqaro turniri.
2016 yil:
Yanvar: “Moskva open” xalqaro turniri (Rossiya).
Aprel: Georgiy A'zamov xotira turniri.
Sentyabr: Malayziyaning Kuala-Lumpur şahrida bölib ötgan xalqaro turnir — 10-örin.
Oktyabr: Mixail Çigorin xalqaro xotira turniri (Sankt-Peterburg, Rossiya) — 372 iştirokçi orasida 6-örinni egallab, xalqaro grossmeyster normasini bajardi.
Dekabr: Maktab öquvçilari örtasida jahon çempionati (Soçi, Rossiya) — 13 yoşgaça bolalar örtasida 2 ta oltin medal.
Demak, Nodirbek Abdusattorov oxirgi ikki yilda 10 ta xalqaro musobaqada iştirok etgan. Şulardan 2 tasi bolalar örtasidagi musobaqa, ulardagi iştiroki xarajatlari davlat hisobidan qoplangan. 10 ta turnirdan 3 tasi Özbekistonda ötkazilgan, qolganlari xorijiy davlatlarda. Demak, 2 yil davomida Tojikiston, Rossiya, Malayziya va Qatarda bölib ötgan 5 ta xalqaro turnirga u öz hisobidan borib kelgan. Birgina Qatar safari onasi ham borganligi uçun yoş çempionlar oilasiga 3500 dollarga tuşgan...
Nodirbek Abdusattorovdek salohiyatli şaxmatçi uçun ikki yilda bor-yöği 10 ta xalqaro musobaqada iştirok etiş kam, judayam kam. Ammo bundan ortiğini oila byudjyeti kötarmaydi. Oila bekasi Marziya Oçilovaning aytişiça, mana bir neça yildan buyon xalqaro musobaqalarga farzandlari Bahora (bir neça karra Özbekiston va Osiyo çempioni, jahon çempionati kumuş medali sovrindori, 2013 yili Osiyoning eng yaxşi yoş şaxmatçisi bölgan) va Nodirbekni olib borişga homiylik qiliş masalasida bir neçta taşkilotlarga murojaat qilgan. Lekin mutasaddilar, jumladan, Respublika şaxmat federatsiyasi va Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi nizomida bolalarni kattalar örtasidagi musobaqalarga yuboriş nazarda tutilmaganini aytib, yordam berişni rad etişgan...
Bundan şunday xulosaga keliş mumkin: mutasaddilar Nodirbek Abdusattorovni yoş bola, deb öylaşayapti!
U şaxmatçi sifatida endi yoş bola emasligini esa grossmeysterlarni mağlub eta boşlagan 9 yoşidan buyon isbotlab kelmoqda.
Yana bir muammo. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan Soğliqni saqlaş vaziriga xorijga çiqib ketgan malakali tibbiyot xodimlarini Özbekistonga qaytariş vazifasini yukladi. Bu muammo sportda, jumladan, şaxmatda ham mavjud. Mana, xorijiy davlatlarga nazar taşlaydigan bölsak, hozir jahonning eng yetakçi şaxmatçilaridan — italiyalik Fabiano Karuana, filippinlik Uesli So, yaponiyalik Xikaru Nakamura 1-2 yildan buyon AQŞga köçib ötib, xalqaro musobaqalarda öşa mamlakat şarafini himoya qilmoqda. Uzoqqa bormaylik, 1998 yili 16 yoşgaça ösmirlar örtasida jahon çempioni bölgan samarqandlik xalqaro grossmeyster Ibrohim Hamroqulov ançadan buyon Ispaniya, toşkentlik Temur Gareyev esa AQŞ bayroği ostida dona surmoqda. Bular-ku kattalar örtasida, hozir rivojlangan davlatlar skaut va seleksionerlari dunyo böyiça izğib, yoş iqtidorlarni “ovlaş” bilan bandligi heç kimga sir emas.
Mana, masalan, qozoğistonlik 2004 yilda tuğilgan iste'dodli şaxmatçi Bibisora Assauboyeva ötgan yilning 1 sentabridan beri Rossiya şarafini himoya qilmoqda. Qozoğistonda yetarliça e'tibor va qöllab-quvvatlaşga erişolmagan bu şaxmatçi qiz Rossiyaga köçib ötganidan söng ikki oy ötar-ötmas 12 yoşgaça qizlar örtasidagi jahon çempionatida Rossiya şaxmat federatsiyasi ğaznasiga oltin medal taqdim etdi...
Nodirbekni öşanaqa skautlardan asraş uçun ham uni moddiy tomondan qöllab-quvvatlaşimiz lozim.
Endi maqola boşidagi stipendiya masalasiga qaytsak.
Töğri, Respublika şaxmat federatsiyasi öz imkoniyatidan kelib çiqib belgilagandir stipendiya miqdorini. Lekin Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasining bundan 10-20 baravar köproq stipendiya tayinlaşga qurbi yetadi-ku!
Masalani birgina Nodirbek Abdusattorov misolida körib çiqdik.
Mamlakatimizda bunday iqtidorli yoşlar, xususan şaxmatçilar köp. “Iste'dodlar — millatimiz boyligi, Vatanimiz faxri, ğururi” degan gaplarni köp aytamiz, maqolalar yozamiz. Ular xalqaro doirada yutuqqa erişadigan bölsa, telekörsatuv, radioeşittirişlarda bong uramiz. Ammo ularning va ota-onalarining sahna pardasi ortidagi mehnatini, çekayotgan maşaqqatlarini hammamiz ham bilavermaymiz. Ularga yordam berişga qurbi yetadiganlar esa turli byurokratik tösiqlarni yengib ötişga kuç, balki xohiş topolmaydilar.
Aytilganlardan kelib çiqib, mutasaddi rahbarlarga şunday takliflarimiz bor:
1. Jahon çempionlariga davlat miqyosida stipendiya tayinlaş.
2. Jahon, qit'a va mamlakat çempionini tarbiyalagan murabbiylarni munosib moddiy rağbatlantirişni yölga qöyiş.
3. Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi nizomiga iste'dodli yoş sportçilarning kattalar örtasidagi musobaqalarda iştiroki uçun mablağ ajratişni nazarda tutuvçi band kiritiş (bu, asosan, şaxmatga taalluqli).
4. Özbekistonda şaxmatni yanada rivojlantirişga doir davlat dasturini qabul qiliş.
Agar eng oxirgi taklif amalga oşirilsa, öz-özidan undan oldingi takliflar ham amalga oşar, şuningdek, sohaga oid boşqa muammolar ham yeçimini topar edi.